Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Milliy mumtoz qo‘shiqlar – yoshlar nazdida

Qo‘shiq dil izhori, ko‘ngil tarjimoni. Qo‘shiqda shoirning his-tuyg‘ulari ohanglar orqali tarannum etiladi. Yurakdan aytilgan tarona yuraklarga yetib boradi.

2017 yil 28 fevral kuni Samarqand shahridagi 1-son Mehribonlik uyida Samarqand San'at kolleji an'anaviy xonandalik kafedrasi o‘qituvchisi, viloyat akademik va xalq badiiy jamoasining oliy toifali xonandasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qaytarov rahbarligidagi yosh xonandalarning “Milliy mumtoz qo‘shiqlar – yoshlar nazdida” nomli xayriya konsert dasturi tashkil etildi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bag‘ishlangan tadbirda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi mas'ul vakillari, ta'lim muassasasi tarbiyachilari, tarbiyalanuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Konsert dasturida Samarqand san'at kollejining 1, 2-bosqich talabalari milliy mumtoz qo‘shiqlarni jonli ijroda kuylab, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lishdi. Ayniqsa, konsert dasturidan o‘rin olgan Chustiy, Noqis, Muqimiy, Saida Zunnunova, Hamid Olimjon g‘azallari asosida kuylangan qo‘shiqlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga esdalik sovg‘alari hadya etildi.


Kiritilgan vaqti: 16/03/2017 12:18;   Ko‘rilganligi: 240
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/milliy-mumtoz-qoshiqlar-yoshlar-nazdida
Chop etilgan vaqti: 12/11/2019 13:15
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing