Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Navoiy asarlarida borliq mujassam

O‘tmish bilan bugunni bog‘lovchi o‘lmas asarlar, tilimiz, ma'naviyatimiz, adabiyotimiz va xalqimiz uchun  benihoya qadrli. Ayniqsa, Alisher Navoiyning bizga qoldirgan boy merosi, o‘zbek adabiy muhitining shakllanishiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Navoiy o‘z asarlarida, har bir baytida, ayniqsa, borliq mulkini, tabiat go‘zalligini, ishonch va sadoqatni, vafoni kuylagan. Ularning inson hayotidagi o‘rniga alohida urg‘u bergan.

2018 yil 9 fevral kuni viloyat Axborot-resurs markazida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy — ma'naviyatimiz timsoli” mavzusida adabiiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Axborot-resurs markazi direktori Yusuf Muhammadiyev  she'riyat mulkining sultoni, davlat va jamiyat arbobi Nizomiddin mir Alisher Navoiyning 577 yilligi hamda shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 535 yil to‘lishi munosabati bilan ularning  hayoti va faoliyati, durdona asarlari, xalq farovonligi yo‘lida malga oshirgan ezgu ishlari, kelajak avlodlar uchun qoldirgan boy ma'naviy merosi haqida so‘z yuritdi.

Samarqand shahridagi 48-umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Muhtaram Umarova rahbarligidagi 4-“J” sinf o‘quvchilari  Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidan kichik sahna ko‘rinishlari  namoyish etib, shoirning ruboiy  va qit'alarini yoddan  ifodali o‘qib berdilar.


Kiritilgan vaqti: 09/02/2018 14:57;   Ko‘rilganligi: 175
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/navoiy-asarlarida-borliq-mujassam
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 17:44
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing