Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘QUVCHILAR OCHIQ DARSDA BOSH QOMUSIMIZNI O‘RGANISHDI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi  qabul  qilinganligining  27 yilligi  munosabati  bilan umumta'lim maktablarida turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib, o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini  oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Jomboy tumanidagi 56-ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Gulshan Musayevaning Bosh Qomusimizga bag‘ishlangan “Konstitusiya – qomusimiz, faxrimiz!” mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsida ham ayni shunday ezgu maqsad mujassam.
Mazkur ochiq darsda G.Musayeva Konstitusiyamizning yaratilish tarixi, unga keyingi yillarda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida o‘quvchilarga ma'lumot berdi. Asosiy Qonunimizning mazmun-mohiyati, bob va bo‘limlari noan'anaviy tarzda, ko‘rgazmali qurollar, video materiallar vositasida tushuntirildi. Shundan so‘ng o‘quvchilar guruhlarga bo‘lingan holda olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Qonunbuzarlik, unga tayinlangan jazo, inson huquq va manfaatlarining poymol bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka oid sahna ko‘rinishlari tashkil etildi.
Jomboy tuman xalq ta'limi bo‘limi


Oxirgi o‘zgarish: 12/12/2019 06:43;   Ko‘rilganligi: 105
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/oquvchilar-ochiq-darsda-bosh-qomusimizni-organishdi
Chop etilgan vaqti: 28/02/2020 00:32
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing