Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘QUVCHILARIMIZ HARBIY QISMDA BO‘LISHDI

Vatanparvarlik oyligi

O‘quvchilarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, tinchlik va osoyishtaligimizning sababchilari bo‘lgan harbiylar hayoti va faoliyati, harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahridagi 20-umumta'lim maktabi o‘quvchilarining harbiy qismga sayohati uyushtirildi.

Vatanparvarlik oyligi doirasida tashkil etilgan sayohat o‘quvchilarimiz uchun unutilmas taassurotga ega bo‘ldi. Ular harbiy dala mashg‘ulotlarining o‘tkazilish tartibi, harbiylarning dars mashg‘ulotlarining olib borilishi, ularning yotoqxonalari bilan tanishishdi.
Harbiy xizmatchilar harbiy texnikalar bo‘yicha o‘quvchilarga tushuncha berib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.
Z. IRNAZAROV


Oxirgi o‘zgarish: 27/12/2019 15:36;   Ko‘rilganligi: 128
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/oquvchilarimiz-harbiy-qismda-bolishdi
Chop etilgan vaqti: 07/04/2020 23:33
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing