Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

TA'TILDA O‘QUVCHILAR NIMA BILAN BAND?

O‘quvchilarning qishki ta'tilini mazmunli va maroqli o‘tishini ta'minlash maqsadida umumta'lim maktablari hamda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tadbirlarda Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusini keng hayotga tatbiq etish, o‘quvchi-yoshlarning iqtidorini shakllantirish, o‘qish va izlanishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ayni paytda belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq, o‘quvchilar o‘rtasida “Yurtim jamoli” yosh rassomlar ko‘rik-tanlovi, “Yangi yilga yangi qadam” mavzusida she'rxonlik kechalari tashkil etilmoqda. Unda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirilmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 03/01/2020 12:37;   Ko‘rilganligi: 61
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/events/tatilda-oquvchilar-nima-bilan-band
Chop etilgan vaqti: 28/02/2020 01:06
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing