Xabarlar

13 ming 700 dan ortiq o‘quvchi insholar tanlovida ishtirok etmoqda

11-10-2019 16:27   31

13 ming 700 dan ortiq o‘quvchi insholar tanlovida ishtirok etmoqda - zarnews.uz

Samarqand viloyati maktablarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligi keng nishonlanmoqda.

Viloyatdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovda viloyatdagi 1236 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 13 ming  700 nafardan ortiq 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Tanlovning tuman, shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lganlarni mukofotlar kutyapti. 1-o‘ringa kompyuter jamlanmasi, 2-o‘ringa noutbuk, 3-o‘rin sohibiga planshet yoki mobil telefon beriladi.

Saytimizni kuzatib boring, bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.


Axborot xavfsizligini ta'minlashda nimalarga e'tibor qaratish lozim?

10-10-2019 17:02   12

Axborot xavfsizligini ta'minlashda nimalarga e'tibor qaratish lozim? - zarnews.uz

“Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichida Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Xayriniso Jo‘rayeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yosh iqtidor sohibasining “Orzular sari”, “Ustozlar izidan” nomli she’r va hikoyalar to‘plamlari nashrdan chiqqan.

- Yaqinda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti uchun o‘tkazilgan tanlovning tuman bosqichida adabiyot yo‘nalishida g‘olib, deb topilgandim, - deydi X.Jo‘rayeva. – Bugungi yutug‘im ijodiy ishlarimga ilhom bag‘ishladi. Adabiyotga qiziqishimga ona tili va adabiyot fani o‘qituvchimiz Feruza Tog‘ayevaning hissasi katta. She’r va hikoyalarimning birinchi o‘qivchisi va tahrir qiladigan ham shu ustozim. Xato va kamchiliklarimni aytib, o‘z maslahatlarini berib boradi. Nasib etsa, ko‘rik-tanlovning hal qiluvchi bosqichida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritaman.

Manba: Samarqand viloyati hokimi kanali

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi


O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida

09-10-2019 17:05   15

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida - Ma’rifat – Uchitel Uzbekistana


URGUT TUMANI HOKIMI MAKTABDAGI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI KO‘ZDAN KECHIRDI

08-10-2019 16:59   16

Tuman hokimi M.Turdiyev tumandagi 1-umumta'lim maktabiga borib kuz-qish mavsumiga tayergarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi, shuningdek ushbu maktabni bitirgan tadbirkor maktab tomini to‘liq yangilatib berish tashabbusi bilan chiqdi. Tuman hokimi o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazdi. Tashrif davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbir belgilab olindi,

Urgut tuman hokimligi axborot xizmati.


“YIL HIKOYASI” KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBI ANIQLANDI

07-10-2019 16:56   11

“Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichida Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Xayriniso Jo‘rayeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yosh iqtidor sohibasining “Orzular sari”, “Ustozlar izidan” nomli she’r va hikoyalar to‘plamlari nashrdan chiqqan.

- Yaqinda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti uchun o‘tkazilgan tanlovning tuman bosqichida adabiyot yo‘nalishida g‘olib, deb topilgandim, - deydi X.Jo‘rayeva. – Bugungi yutug‘im ijodiy ishlarimga ilhom bag‘ishladi. Adabiyotga qiziqishimga ona tili va adabiyot fani o‘qituvchimiz Feruza Tog‘ayevaning hissasi katta. She’r va hikoyalarimning birinchi o‘qivchisi va tahrir qiladigan ham shu ustozim. Xato va kamchiliklarimni aytib, o‘z maslahatlarini berib boradi. Nasib etsa, ko‘rik-tanlovning hal qiluvchi bosqichida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritaman.

Manba: Samarqand viloyati hokimi kanali

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi


MILLAT RUHINI YO‘QOTMAYLIK

05-10-2019 08:08   29

Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”, deb yozgan edi.
Necha yillar o‘tsa-da o‘z qadr-qimmati, ahamiyatini yo‘qotmagan bu fikrlar hamma davr va zamonlarda ham dolzarb bo‘lib kelmoqda. Jumladan, bugungi kunda ham.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga yaqinda 30 yil to‘ladi. Sobiq ittifoq hukmronlik qilib turgan bir paytda – 1991 yilning 21 oktyabrida “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi va uning 1-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deb belgilab qo‘yilishi mamlakatimiz mustaqilligi sari qo‘yilgan muhim qadamlardan biri sifatida baholanadi.
Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinai hayoti til hisoblanar ekan, demak, qaysidir yurtda o‘z ona tiliga davlat tili maqomi berilishi uning dunyoga o‘z tili bilan namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi.
Shu ma'noda “Davlat tili haqida”gi qonun mustaqil O‘zbekiston Respublikasining o‘z davlat ramzlari qatori, o‘z davlat tiliga ham egaligini ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatdir. Aynan shu jihati bilan bu qonun boshqa qonunlardan ajralib turadi, ahamiyati kattaroq.
Ammo, tan olishimiz kerak, ushbu qonun ijrosini ta'minlashda haligacha kamchiliklarimiz ko‘p, haligacha uning barcha normalari to‘la ishlashiga erishmayapmiz. Bunga avvalo, barchamizning beparvoligimiz, ona tilimizga bo‘lgan hurmatimiz haminqadar ekanligi sabab bo‘lmoqda.
Masalan, oilada kundalik muloqotimizda boshqa tillardagi so‘zlarni hech ikkilanmay aytamiz. Buni esa o‘zimizni shu holatga o‘rganib qolganimiz bilan izohlaymiz. Lekin, farzandlarimiz-chi, ular ham endi shunga “o‘rganib” qolishi kerakmi?
Ko‘chaga chiqamiz, katta-kichik binolar oldida yozilgan yozuvlarning aksariyati xorijiy tillarda yozilgan. Biror bir yumush, xizmat bilan davlat idoralari, xizmat ko‘rsatish korxonalariga kiramiz va bu joylarda ham ayrim ma'lumotlar boshqa tillarda ekanligini ko‘ramiz. Katta-katta supermarketlarga kiramiz, narxnoma, qo‘lingizga tutqaziladigan chek o‘zga tilda. Lekin hech birimiz nega bu yozuvlar davlat tilida emas, deb so‘ramaymiz.
Vaholanki, qonunga ko‘ra, geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi (22-modda). Lavhalar, e'lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtirilishi va e'lon qilinishi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkinligi belgilangan (20-modda). Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta'minlanishi ko‘rsatilgan (21-modda).
Har bir yangi obyekt ochilayotganganda, xizmat ko‘rsatish majmuasi yoki shoxobcha tashkil etilayotganda bu tartiblar tushuntiriladi. Ming afsuski, ko‘p hollarda tushuntirishlar qog‘ozda qolmoqda.
Buyuk mutaffakir Alisher Navoiyning “Tilga e'tiborsiz – elga e'tiborsiz” degan hikmatli so‘zi bor. Biz ham tilga e'tiborsizligimiz bilan elga e'tiborsiz bo‘lishga yo‘l qo‘ymaylik. Milliy tilimizni, buyuk millatimiz ruhini yo‘qotmaylik.


ILMI DARYO, MEHRI UMMON USTOZLAR E'ZOZ VA EHTIROMDA

05-10-2019 08:02   54

1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar ayyomi mamlakatimizda bu yil har yilgidan ko‘tarinki ruhda, yuksak saviyada nishonlandi. “Mo‘jiza” amfiteatrida o‘tkazilgan tantanali bayram tadbiriga ta'lim sohasi vakillari, fidoyi ustoz va murabbiylar, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigini viloyat hokimi E.Turdimov o‘qib eshittirdi.Tadbir qatnashchilari davlatimiz rahbarining “Bizning barcha sa'y-harakatlarimiz “O‘zbekistonda eng obro‘li inson muallim bo‘lishi kerak” degan g‘oyani amalga oshirishga qaratilmoqda. Buning uchun davlat va jamiyat tomonidan qancha mablag‘, resurs va imkoniyatlar zarur bo‘lsa, barchasini safarbar etamiz” degan fikrlarini olqishlab qabul qildilar.
Shundan so‘ng Prezidentimizning bayram munosabati bilan qabul qilingan farmoniga ko‘ra, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan 9 nafar samarqandlik o‘qituvchi va murabbiylarga orden va medallar tantanali ravishda topshirildi.
Sana munosabati bilan fidoyi, jonkuyar, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib faoliyat yuritayotgan, ta'lim sohasida yuqori natijalarga erishgan bir guruh ustozlar viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tantanali tadbirning konsert dasturida ijro etilgan dilrabo taronalar barchaga xush kayfiyat ulashdi. Albatta, o‘qituvchi va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan e'zoz va ehtirom ularni yangidan yangi mehnat zafarlariga chorlaydi.


“Iqtidorimiz va iste’dodimiz” mavzusidagi tanlov bo‘lib o‘tdi

04-10-2019 08:06   18



Paxtachi tumani 13-maktab o‘quvchisi Xayrullayeva Sojida xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi.

03-10-2019 08:11   26

O‘zbekiston Respublikasi shinkyokushinkai karate markazi "NUR-XAS" tomonidan 28-29-sentyabr kunlari Buxoro shahrida 5 ta davlat ishtirokida 1-Xalqaro "Amir Temur"kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada qatnashgan tumanimizning 13-maktabi 9-sinf o‘quvchisi Xayrullayeva Sojida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Sojidaxon qizimizni g‘alaba bilan tabriklab yutuqlari bardavom bo‘lishiga, yurt ravnaqiga xizmat qilishiga tilakdoshmiz!


Ustoz – qadri buyuk muallim

01-10-2019 08:01   24

Ustoz – qadri buyuk muallim - zarnews.uz

Bu yil mamlakatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni har yilgidan o‘zgacha tarzda keng nishonlanmoqda. Barcha hududlarda bayram munosabati bilan ommaviy xalq sayillari uyushtirilmoqda.

Bugun Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘ida erta tongdan “Ustoz – qadri buyuk muallim” shiori ostida bayram sayli boshlandi.

Viloyatimizdagi ta'lim muassasalari tomonidan kun davomida kasb va mutaxassisliklar ko‘rgazmalari, musiqa va san'at, sport maktablari o‘quvchilari tomonidan madaniy va sport dasturlari namoyish etildi. 

Viloyatning barcha hududlaridan kelgan o‘qituvchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

– Sakson yoshni qarshilayotgan bo‘lsam-da shu paytgacha o‘qituvchilar bayramining bunchalik katta shodiyona bilan nishonlanishini ko‘rmagandim, – deydi faxriy o‘qituvchi, fizika-matematika fanlari nomzodi Keldiyor Gadoyev. – Prezidentimizning bizga yo‘llagan tabrigi ham samimiy dil izhorlariga to‘la ekan. Bugunga sayilda qatnashib o‘zimning 42 yillik o‘qituvchilik faoliyatim, ustozlarim yodimga tushyapti. Qani endi yosh bo‘lib qolsamu yana maktabga qaytib, bolalarga saboq bersam. O‘qituvchi qadr topgan davrda butun mehringni berib ishlaging keladi-da.

“Mo‘jiza” amfiteatrida o‘tkazilgan tantanali bayram tadbiriga ta'lim sohasi vakillari, fidoyi ustoz va murabbiylar, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigini viloyat hokimi E.Turdimov o‘qib eshittirdi.

Tadbir qatnashchilari davlatimiz rahbarining “Bizning barcha sa'y-harakatlarimiz “O‘zbekistonda eng obro‘li inson muallim bo‘lishi kerak” degan g‘oyani amalga oshirishga qaratilmoqda. Buning uchun davlat va jamiyat tomonidan qancha mablag‘, resurs va imkoniyatlar zarur bo‘lsa, barchasini safarbar etamiz” degan fikrlarini olqishlab qabul qildilar.  

Shundan so‘ng Prezidentimizning bayram munosabati bilan qabul qilingan farmoniga ko‘ra, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan 9 nafar samarqandlik o‘qituvchi va murabbiylarga orden va medallar tantanali topshirildi.

– 30 yildan buyon Bulung‘ur tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘quvchilarga rus tili va adabiyoti fanidan saboq beraman, – deydi Bulung‘ur tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi, “Shuhrat” medali sohibasi Zebiniso Suyarova. – Faoliyatim davomida bir nechta metodik qo‘llanmalar yaratdim. Muhimi, jamiyatda o‘z munosib o‘rnini topgan shogirdlarim juda ko‘p. Kasb bayramimiz arafasida yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lganimdan baxtiyorman. Ozgina mehnatim davlatimiz rahbari tomonidan e'tirof etilganidan qalbimda cheksiz faxr va g‘ururni tuydim. Shu bilan birga zimmamga juda katta mas'uliyat yuklanganini his qilyapman.  

Shuningdek, bir guruh ustoz va murabbiylar viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tantanali marosimda samarqandlik va poytaxtdan kelgan elimiz ardog‘idagi san'atkorlar, badiiy jamoalarning konsert dasturi namoyish etildi.


 
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing