Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

2-TOIFAGA TALABGOR O‘QITUVCHILAR SINOVDAN O‘TMOQDA

Bugun umumiy o‘rta ta'lim maktablarida faoliyat ko‘rstayotgan ikkinchi toifaga talabgor o‘qituvchilarning navbatdagi attestatsiya sinovlari boshlandi. 

Attestatsiya sinovlari joriy yilning 10 yanvar kuniga qadar davom etib, unda ishtirok etadigan jami 4841 nafar o‘qituvchining qaysi guruhda qatnashishi, kuni va soati oldindan aniq belgilab qo‘yilgan. O‘qituvchilar viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazidagi 9 ta auditoriyada 220 ta kompyuterlar jamlanmasi orqali test sinovlarini topshirmoqda. Kutilmagan texnik muammolarni bartaraf etish uchun har bir auditoriyaga axborot-kommunikatsiya texnologiyasi mutaxassisi biriktirilgan. Har bir o‘qituvchining test ishlashi uchun 2 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, sinovlar fanlar kesimida, bir kunda uch bosqichda (soat 9:00, 11:00 va 13:00) o‘tkazilmoqda.
Test jarayonlarining shaffof hamda adolatli o‘tishini ta'minlash, o‘qituvchilarning uyali aloqa vositalari va boshqa narsalardan sinov paytida foydalanishini oldini olish maqsadida har bir auditoriyaga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, markaz oshxonasi hamda zallarida jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish imkoniyati yaratilgan. Auditoriyalarga kirish oldidan ichki ishlar xodimlarining nazorati yo‘lga qo‘yildi.
Attestatsiyaga vaqtidan oldin kelgan o‘qituvchilar uchun kutish joylari, ovqatlanish uchun sharoitlar yaratilgan.


Oxirgi o‘zgarish: 03/01/2020 12:33;   Ko‘rilganligi: 103
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/2-toifaga-talabgor-oqituvchilar-sinovdan-otmoqda
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 07:06
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing