Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

20 nafar o‘quvchimiz Italiyada o‘tkaziladigan HIPPO xalqaro ingliz tili fan olimpiadasida qatnashadi. Agar...

Joriy yilning fevral oyida Samarqand shahridagi 37-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Unda viloyatimizdagi umumta'lim maktablarining 1-11 sinf o‘quvchilari ixtiyoriy ravishda ishtirok etgandi.

Yaqinda ushbu bosqichning javoblari e'lon qilindi. Unga ko‘ra viloyatimizdagi umumta'lim maktablarining 20 nafar o‘quvchisi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Samarqand shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ularga viloyat xalq ta'limi boshqarmasining tashakkurnomasi, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Joriy yilning 14 mart kuni HIPPO – Xalqaro ingliz tili fan olimpiadasining respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi-yoshlarimiz Italiyada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro ingliz tili fan olimpiadasida qatnashadi.

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi 2012 yil Angliyaning “Pearson Education” tashkiloti ko‘magi ostida, Italiyaning “Global HIPPO Association” uyushmasi tasarrufida tashkil etilgan. Hozirgi kunda dunyoning 40 dan ortiq (ingliz tili asosiy til hisoblanmagan) davlatlaridan 36 ming nafar atrofida ishtirokchilar qatnashib kelmoqda. Olimpiadaning har bir ishtirokchisi HIPPO olimpiadasida Buyuk Britaniyaning Xalqaro standart darajasiga ega bo‘lgan IESOL testlarini topshiradi. Ishtirokchilar so‘zlashish, o‘qish, yozish va tinglab tushunish ko‘nikmalari bo‘yicha bellashadi.

Zarifa IBODULLOYEVA, xorijiy tillar metodisti.


Oxirgi o‘zgarish: 11/03/2020 06:50;   Ko‘rilganligi: 46
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/20-nafar-oquvchimiz-italiyada-otkaziladigan-hippo-xalqaro-ingliz-tili-fan-olimpiadasida-qatnashadi-agar
Chop etilgan vaqti: 07/04/2020 21:53
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing