Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

5 TASHABBUS — DASTURILAMALIMIZ!

Bolada jinoyat va huquqbuzarlikka moyillik, axloqsizlik va ta'lim-tarbiyasidagi bo‘shliqlar qachon paydo bo‘ladi? Albatta, nazoratsiz qoldirilganda, ota-ona, ta'lim muassasasi va pedagogning e'tiborsizligi oqibatida unda shunday illatlar paydo bo‘la boshlaydi.

Ana shunday noxush holatlarni samarali oldini olishga nechog‘lik e'tibor qaratayapmiz? O‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil eta olyapmizmi? Samarqand shahridagi 8-umumta'lim maktabida Samarqand viloyat xalq ta'limi boshqarmasining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash, o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan “Umumta'lim maktablarida 5 ta tashabbus amalda” mavzusidagi viloyat seminarida ana shunday muhim savollar o‘rtaga tashlandi. Unda ishtirok etgan tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlari mudir o‘rinbosarlari, ma'naviyat sho‘basi rahbarlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar, dastlab, 8-umumta'lim maktabida Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusini hayotga tatbiq etish maqsadida namunaviy tarzda tashkil etilgan yo‘nalishlar, to‘garaklarning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shu bilan birga, Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 1 martdagi 67-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta'lim maktablari hovlisini, bino yo‘laklari hamda sinf xonalarini stentlar bilan jihozlashning namunaviy talablariga alohida e'tibor qaratishdi. —Agar biz har bir maktablarimizda Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusini to‘laqonli hayotga tatbiq eta olsak, farzandlarimizni qiziqtirib, jalb eta olsak ular ortiqcha narsalarga vaqtini sarflamaydi, buni istashmaydi ham, — viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ozod Jangirov. — Shu bois 5 tashabbus doirasida shunchaki tadbir o‘tkazib, ko‘rgazma tashkil etib qo‘ymasligimiz kerak. Uni amalda qo‘llab, o‘quvchilardagi iqtidorni, qiziqishlari doirasidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Negaki, barcha o‘quvchimizni bir paytning o‘zida kitobxon qila olmaymiz. Balki u sport turlariga qiziqar, yoki axborot texnologiyalari sohasida noyob iqtidori bordir?! Biri ashula aytishga, yana biri biror cholg‘u asbobini chalishni istar, boshqa san'at turlariga qiziqadiganlari ham talaygina. Eng muhimi, biz uni bo‘sh qo‘ymasligimiz, orzu-umidlarini besh tashabbus doirasida amalga oshirishga ko‘maklashishimiz lozim. Darhaqiqat, Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusini to‘laqonli hayotga tatbiq etish bo‘yicha viloyatning barcha umumta'lim maktablarida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Seminar umumta'lim maktablari iqtidorli o‘quvchilarining badiiy chiqishlari bilan yakunlandi. Samarqand viloyat xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Oxirgi o‘zgarish: 29/11/2019 16:07;   Ko‘rilganligi: 181
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/5-tashabbus-dasturilamalimiz
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 08:26
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing