Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

ARENALARNI ZABT ETYOYOTGAN JAJJILAR

Bugun umumta'lim maktablarida tahsil olish bilan birga, iqtidor va iste'dodi, erishayotgan muvaffaqiyatlari bilan barchani hayratga solib, xalqimiz iftixoriga aylanayotgan o‘quvchilar talaygina.

Birgina sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqalarga qatnashib, O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempioni bo‘lgan o‘quvchilar nafaqat tengdoshlari, balki kattalarga ham namuna bo‘lib kelishayotir.

Arenalarni zabt etayotgan jajjilar

“Belarusning Minsk shahrida joriy yilning 15-19 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan shaxmatning rapid va tezkor shaxmat turi bo‘yicha III Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Afruza Hamdamova 10 yoshgacha bo‘lganlar orasida oltin medalni qo‘lga kiritdi”. Ushbu xushxabar butun dunyo va mamlakatimiz internet saytlari, orqali tarqaldi. Chunki, bu yutuq ayni paytda 42-umumta'lim maktabida ta'lim-tarbiya olayotgan Afruzaning yagona g‘alabasi emasdi. U 2014 yilda 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida Ruminiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida 3-o‘rinni, 2016 yil Iroqda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida esa 1-o‘rinni, shu yili Ispaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston faxriga aylandi. 2017, 2018 va 2019 yillarda ham Afruza bir necha bor jahon miqyosidagi musobaqalarda oltin medalni bo‘yniga taqib, ona-Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi.

Shunday iqtidorli o‘quvchilardan yana biri ayni paytda 14-umumta'lim maktabida o‘qiyotgan chempion — Daler Vohidovdir. U ilk bor 2016 yilda O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Shu yili Eronda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘z yosh toifasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2017 — 2019 yillar davomida ham D. Vohidov mamlakatimiz va dunyoning turli davlatlarida o‘tkazilgan Osiyo va jahon chempionatlarida qatnashib, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Bugun 12-umumta'lim maktabida ham shaxmat bo‘yicha uch nafar O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionlari tahsil olishmoqda. Ular orasida Akobirxon Saydaliyevni tanimagan, yoxud jajji chempionning muvaffaqiyatlarini eshitmagan yurtdoshimiz, ayniqsa, shaxmat ishqibozi bo‘lmasa kerak. Samarqandning faxriga aylangan jajji qahramonimiz 2015, 2016, 2017 va 2018 yillar davomida AQSH va Rossiya hamda boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan jahon chempionatlarida ketma-ket birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Akbarxon joriy yil Respublika ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar shaxmat maktabida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida shaxmatning blits, rapid hamda standart yo‘nalishlarida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida qatnashib, birinchi o‘rinni egalladi.

Shu maktabda o‘qiyotgan o‘quvchilar Ali Qosimov hamda Sharofatbegim Saydaliyevalar ham bir necha karra O‘zbekiston va Osiyo chempionlari bo‘lishgan. Sh. Saydaliyevaning 2016 yilda AQSHda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritganini alohida ta'kidlash joiz.

Chempionlarimiz bundan-da yuksak marralarni zabt etishni o‘z oldiga maqsad qilishgan. Ular erishayotgan yutuqlar Samarqandda shakllangan shaxmat maktabining salohiyatidan dalolatdir.

Oxirgi o‘zgarish: 18/10/2019 07:23;   Ko‘rilganligi: 192
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/arenalarni-zabt-etayotgan-jajjilar
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 02:41
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing