Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Asossiz mish-mishlar kimga kerak?

Ijtimoiy tarmoqlarda kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchilardan o‘tkazilmagan shanbalik uchun oylik maoshlaridan bir kunlik ish haqi ushlab qolinayotganligi to‘g‘risida ma'lumotlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi axbrot xizmati tomonidan quyidagicha munosabat bildirildi (https://kathaq.uz/index.php?newsid=1046):

Ijtimoiy tarmoqlarda keyingi paytda quyidagi mazmundagi asossiz murojaatlar paydo bo‘lmoqda: - “Aslida o‘tkazilmagan shanbalik uchun bir kunlik ish haqimiz ushlab qolinmoqda”; - Ma'rifatparvarlar, Iste'molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlariga ham har oy pul ushlab qolinmoqda”; - Kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchilar yozishlaricha, bir kunlik ish haqi ushlab qolishga roziman, deya ariza olishmoqda ekan. Ushbu masala bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga qarab sizlarga quyidagilarni ma'lum qilamiz: Kattaqo‘rg‘on tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati jamoatchilik asosida 2020 yil 05 fevral kunida tumanda Xalq ta'limi bo‘limi va unga qarashli barcha maktab direktorlari va ishchi xodimlari o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazilib, yig‘ilishda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun mohiyati va “Siz huquqingizni bilasizmi?” mavzularida davra suxbati o‘tkazilib, ushbu mavzu bo‘yicha savollarga tegishli javoblar berilgan. Bundan tashqari tumanda maktablarning ishchi xodimlariga ushbu jamiyatlarga jamoa tartibida azolikka qabul qilish bo‘yicha ham takliflar kiritildi. Bu orqali maktab o‘qituvchilarini iste'molchi sifatida huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Ma'rifatparvarlar jamiyatiga a'zolik ham ixtiyoriy asosida amalga oshirilib, o‘z a'zolarini huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. Unga a'zo bo‘lish birinchi navbatda shaxsning o‘ziga ko‘proq foyda beradi. Sababi, jamiyatga a'zo bo‘lganlar dam olish sihatgohlariga yo‘llanmalar olishi, o‘tkaziladigan turli tadbirlar uchun kerak bo‘lgan sovg‘a-salomlarni xarid qilishdagi imtiyozlar va moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘ladilar. Shuning uchun ham ularni bu jamiyatlarga a'zo bo‘lishga majburlashyapti, degan fikr noto‘g‘ri. Tumandagi bir qator tashkilotlarning Kattaqo‘rg‘on tumanida ijtimoiy, ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, voyaga yetmaganlar, yosh oilalar, xotin-qizlar hamda yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni, giyohvandlikni tarqalishini oldini olish, yoshlarni sog‘lom turmushga qaytarish va sportni rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini olib borish, yo‘llarni ta'mirlash maqsadida tumanda hayriya tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari asosida o‘tgan yilning 28-29 dekabr kunlari tumanda “Xayriya hashari kunlari” deb e'lon qilingan va u ixtiyoriylik asosida o‘tkazilgan. Hech kim ushbu xayriya hashariga majburan jalb qilinmagan va mehnat haqidan ushlab qolish uchun majburiy ariza yozishga majbur qilinmagan. Qolaversa, ushbu xayriya hasharidan to‘planadigan mablag‘ to‘laligicha ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbirlarni o‘tkazish, sportni rivojlantirish, aholining moddiy va tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlariga, qarovchisini yo‘qotganlarga yordam ko‘rsatilishi uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan. Tuman hokimligiga bugungi kunga qadar hech kim ushbu xayriya hashariga majburan jalb qilishgani va unga mehnat haqidan o‘zining roziligisiz mablag‘ ushlab qolingani to‘g‘risidagi shikoyat bilan murojaat qilgani yo‘q. Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 28/02/2020 16:06;   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/asossiz-mish-mishlar-kimga-kerak
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 03:26
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing