Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

BAG‘RIKENGLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK

o‘quvchilar qalbiga chuqur singdirilishi zarur

Bulung‘ur tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Milliy g‘oya darslarida diniy bag‘rikenglikni shakllantirishning nazariy va amaliy ahamiyati” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda ana shu muhim masalaga alohida e'tibor qaratildi.

Samarqand viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamda viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi hamkorligida tashkil etilgan seminarda markaz o‘qituvchisi K.Haydarov, ijtimoiy fanlar metodisti I.Xaliyarova va boshqalar umumta'lim maktablarining milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari fani o‘qituvchilariga muhim tavsiyalarini berishdi.

Seminarda “Bag‘rikenglik — yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili”, “Milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari fani o‘qituvchilarining ta'lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish tartibi”, “Darslarda interfaol usullar bilan ishlash metodikasi”, “Ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashishda yoshlar ongi va qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish vositalari” kabi mavzularda ma'ruzalar o‘qildi. Malakali o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarda mahorat darslari, ochiq darslarni tashkil etishdi.

Seminar ishtirokchilari tumandagi Fozil Yo‘ldosh uy-muzeyiga sayyohat uyushtirib, uning ijodiyoti, muzeydagi noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 20/12/2019 09:37;   Ko‘rilganligi: 152
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/bagrikenglik-millatlararo-totuvlik
Chop etilgan vaqti: 08/04/2020 17:11
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing