Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Bahorning ilk kuni 1 mart – atoqli shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan kun

Viloyatimizdagi barcha ta'lim muassasalarida O‘zbekiston Xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 104  yilligiga bag‘ishlab ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ijodkorlar ishtirokida kitobxonlik kechalari tashkil etildi.

           O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, yoshlar ittifoqi, jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limlari va keng jamoatchilik hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlarda shoiraning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlarining yoshlar ta'lim-tarbiyasidagi o‘rni haqida  so‘z yuritildi.

          Ta'kidlanganidek, o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning ona Vatan, tinchlik, baxt, bahor, vafo va sadoqat mavzusida yozgan she'rlari xalqimiz yuragidan joy olgan. Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo‘lgan. Bir qator she'riy majmualari uchun Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. Hind mavzuidagi she'rlari uchun Javoharlal  Neru nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro “Nilufar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. She'rlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. 

Tadbirlarda o‘quvchilar Zulfiyaning “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “Mening Vatanim”, “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Kuylarim sizga” kabi she'rlarini yoddan ifodali o‘qib berishdi. Asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tuman, shaharlardagi Bolalar musiqa va san'at maktablari o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar dillarga zavq ulashdi.

        


Oxirgi o‘zgarish: 06/03/2019 17:35;   Ko‘rilganligi: 199
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/bahorning-ilk-kuni-1-mart-atoqli-shoira-zulfiyaxonim-tavallud-topgan-kun
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 17:41
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing