Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

BESh KUNLIK O‘QISH TIZIMI JORIY ETILADIMI?

O‘zbekistondagi barcha o‘quv muassasalarida besh kunlik o‘qish tizimi joriy etilishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ichki turizmni rivojlantirish doirasida o‘quvchi va talabalar hamda ularning ota-onalari sayohatlarini samarali tashkil etish maqsadida barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida besh kunlik o‘qish tizimini joriy etish hamda turizm mavsumini uzaytirish maqsadida yozgi ta'til muddatini qisqartirish hisobidan qishki ta'til davrini uzaytirish bo‘yicha taklif ishlab chiqib, kiritishi lozim.


Oxirgi o‘zgarish: 12/12/2019 07:56;   Ko‘rilganligi: 122
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/besh-kunlik-oqish-tizimi-joriy-etiladimi
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 02:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing