Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

BILIMDONLAR SARALANDI

2019 yil 7-9 yanvar kunlari viloyatimizdagi barcha tuman, shaharlarda umumta'lim fanlari olimpiadasining II tuman (shahar) bosqichi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 2 iyunda 1962-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009 yil 1 maydagi “Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o‘quvchilarining umumta'lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida tashkil etilgan II bosqich fan olimpiadasida olimpiadaning maktab bosqichida g‘oliblikni egallagan 10 ming nafardan ortiq 9, 10, 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Umumta'lim maktablarining iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash maqsadida uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan fan olimpiadasining II bosqichi tuman, shaharlarda belgilangan umumta'lim maktablarida yagona jadval asosida xolisona va adolatli tashkil etildi. Fan olimpiadasining II tuman (shahar) bosqichida o‘quvchilar 17 ta umumta'lim fanlaridan 3 turda (yozma ish, test, laboratoriya ishlari) o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etishdi. Hakamlar hay'atining qaroriga ko‘ra, Nizom talablari asosida baholanib, eng yuqori o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar fan olimpiadasining III viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Kiritilgan vaqti: 10/01/2019 05:56;   Ko‘rilganligi: 191
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/bilimdonlar-saralandi
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 07:57
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing