Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

"Bilimlar kuni" tadbirlari o‘tkazildi

Bugun  Ishtixon tumanidagi  33-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Bilimlar kuni" tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Saidazim Usmonov, xalq ta'limi bo‘limi mudiri Izzatillo Fozilov, tuman ichki ishlar, yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, mahalla faollari,  ota-onalar,  o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etishdi.  2013 yilda qurilgan ta'lim muassasasida bugungi kunda  876 nafar o‘quvchilar ta'lim-tarbiya olishmoqda. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i S.Usmonov maktab o‘quvchilari uchun kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi. Maktabning 9-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan Mustaqillik darslarida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, ta'limga, yoshlarga qaratilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rliklar,    haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar Ona Vatan, mustaqillik, tinchlik va baxtli  bolalikni ulug‘lovchi she'rlarni yoddan, ifodali o‘qib berishdi. Quvnoq kuy-qo‘shiqlar barchaga olam-olam zavq ulashdi.

Kiritilgan vaqti: 05/09/2019 16:01;   Ko‘rilganligi: 217
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/bilimlar-kuni-tadbirlari-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 07:24
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing