Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Bitiruvchilar bilan “Karyera kunlari-2018 ” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

2018 yil 30 mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutida 2017-2018 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash maqsadida ish beruvchilar ishtirokida “Karyera kunlari-2018” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi, viloyat xalq ta'limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Samarqand shahar bandlikka ko‘maklashish markazi rahbariyati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda Samarqand davlat chet tillar institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F. Ro‘ziqulov ta'lim muassasasida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, 2017-2018 o‘quv yilida institutdagi mavjud yo‘nalishlar va bitiruvchilar to‘g‘risida axborot berdi.

Mehnat yarmarkasida ishga tanlov yuzasidan ish beruvchilar bilan bitiruvchilar o‘rtasida o‘zaro suhbat o‘tkazilib, taklif va tavsiyalar berildi.


Oxirgi o‘zgarish: 09/04/2018 08:46;   Ko‘rilganligi: 235
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/bitiruvchilar-bilan-karera-kunlari-2018-mehnat-yarmarkasi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 20/11/2019 07:03
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing