Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Biz odam savdosiga qarshimiz!

“30 iyul - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan viloyatimizda “Biz odam savdosiga qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat, tuman, shahar Kengashlari, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat, tuman, shahar komissiya a'zolari, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari bilan birgalikda viloyat miqyosida 70 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari, 28 ta markaziy ko‘chalar, istirohat bog‘lari va jamoat joylarida aksiyalar hamda 67 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari va ta'lim muassasalarida davra suhbatlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlarga 14 ming 700 nafardan ortiq fuqarolar, ota-onalar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Payariq, Urgut tumanlarida "Odam savdosiga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan tumanlar bo‘ylab odam savdosining salbiy oqibatlarini aks ettiruvchi tarqatma materiallar tarqatildi. Kattaqo‘rg‘on shahrida mazkur sana munosabati bilan “Biz odam savdosiga qarshimiz!” targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Kadan" qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida “Biz odam savdosiga qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirga tumandagi ta'lim muassasalarining direktor o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchilari va keng jamoatchilik vakillari jalb qilindi. Jomboy tumanidagi “Yoshlar” istirohat bog‘ida tuman hokimligi, tuman IIB, tuman xalq ta'limi bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jomboy tuman Kengashi, tuman madaniyat bo‘limi, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Odam savdosi-davr muammosi” mavzusida rasmlar tanlovi, davra suhbatlari va galakonsert dasturi o‘tkazildi. Nurobod tumanidagi 18-son bolalar musiqa va san'at maktabida hamda Nurobod tumani “Nurbuloq” mahallasida mahalla faollari hamda yoshlar bilan “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Oqdaryo tumanidagi markaziy istirohat bog‘ida ham shu kabi targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi. Kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahridagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida “Odam savdosiga qarshi birga kurashamiz!” shiori ostida aksiya o‘tkazildi. Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasi a'zolari, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, ommaviy axborot vakillari ishtirok etgan tadbirda rasmlar tanlovi, sportchilarning chiqishlari va viloyatimizning taniqli san'atkorlari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish qilindi. Tadbirlar davomida ishtirokchilarga odam savdosi va uning oqibatlari aks etgan tarqatmalar tarqatildi. Mazkur aksiyada faol ishtirok etganlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Oxirgi o‘zgarish: 31/07/2019 16:28;   Ko‘rilganligi: 149
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/biz-odam-savdosiga-qarshimiz
Chop etilgan vaqti: 10/12/2019 17:55
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing