Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Bolaga kitob bering

2019 yil 23 fevral kuni Samarqand shahridagi konsert zalida shahar xalq ta'limi bo‘limi tashabbusi bilan “Bolaga kitob bering” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘sib kelayotgan yoshlarni buyuk ajdodlarimizning adabiy va ma'naviy merosi bilan kengroq tanishtirish, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, mumtoz shoirlar g‘azallari va asarlarining tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirish, ulug‘ adiblarimiz asarlaridagi monologlarning tarbiyaviy ahamiyatiga e'tiborini qaratish, kitobsevar, iste'dodli, bilimdon, o‘z ustida muntazam ishlaydigan faol o‘quvchilarni izlab topish va ularni qo‘llab-quvvatlash, maktabning ichki ro‘yxatida turgan tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar qalbida kitobga qiziqish uyg‘otish, o‘quvchilar o‘rtasida mustaqillik, do‘stlik, hamjihatlik, o‘zaro tajriba va fikr almashishni  shakllantirish, o‘quvchilarning san'atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil  12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi va O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining “2019 yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida ijtimoiy, ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida turkum ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha namunaviy yo‘l xaritasi”ning 4-bandiga muvofiq tashkil etildi.

Samarqand shahridagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari, o‘qituvchilar va tegishli hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish voyaga yetmagan o‘quvchilar o‘rtasida giyohvandlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, erta tug‘ruq va shu kabi noxush holatlarning oldini olishda katta ahamiyatga ega ekanligi, kitob o‘qigan, kitobni qadrlagan o‘quvchining qalbida yomonlik bo‘lmasligi,  kitob yoshu kattalarni yorug‘ yo‘lga, haqiqat va imon-e'tiqodga chorlovchi yorqin chiroq ekanligini e'tirof etishdi. O‘zbek adabiyotining nodir asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbirda Samarqand shahridagi 60, 21, 51, 31, 34, 59, 77, 73, 58, 14-umumta'lim maktablari o‘quvchilari va Samarqand shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi badiiy havaskorlik to‘garagi a'zolari faol ishtirok etishdi.

 

                                                                                                 Boshqarma Axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 25/02/2019 15:12;   Ko‘rilganligi: 266
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/bolaga-kitob-bering
Chop etilgan vaqti: 20/11/2019 18:40
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing