Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Bolalar yakka tartibda qanday ta'lim olmoqda?

Bugungi kunda viloyatimiz shahar va tumanlarida 1707 nafar bolalar yakka tartibda ta'lim-tarbiya olmoqda.

Uyida yakka tartibda ta'lim olayotgan bolalarning dars tayyorlashi uchun sharoit yaratilganmi? O‘qituvchi o‘z vaqtida kelib, bilim beryaptimi? O‘quv qurollari yetarlimi? Ularning salomatligi nazoratga olinganmi? Bugun mana shunday savollarga javob topish va mavjud holatni o‘rganib, muammolarni ijobiy hal etish maqsadida viloyat prokuraturasi, xalq ta'limi va sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamkorligida tuman va shahardagi yakka tartibda ta'lim oluvchi bolalar xonadonida o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Xonadonma-xonadon yurib, yakka tartibda ta'lim oluvchi bolalarga yaratilgan sharoit ko‘rilib, salomatligi nazoratdan o‘tkazilgach, aniqlangan ehtiyojga ko‘ra ularning zarur o‘quv qurollari, dori-darmon vositalari bilan ta'minlanishi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi. Shu asosda aniqlangan muammolar ijobiy hal etiladi. Ushbu sa'y-harakatlar bolalarning boshqa tengdoshlaridan kam bo‘lmagan holda ta'lim-tarbiya olishlari uchun muayyan imkoniyat yaratadi.

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 10/02/2020 12:17;   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/bolalar-yakka-tartibda-qanday-talim-olmoqda
Chop etilgan vaqti: 28/02/2020 00:28
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing