Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQNI O‘STIRISH

O‘qituvchilarning darslarini tizimli tahlil qilish o‘qituvchilarga amaliy-metodik tavsiyalar berishga va natijada dars samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Musurmanova Muxayyoning “Bayon yozishni o‘rganamiz” nomli uslubiy ko‘rsatmasiga
taqriz

Zamonaviy ta'limni tashkil etishda qo‘yilayotgan muhim talablardan biri qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Bunda o‘quvchilarga muayyan bilimlarni yetkazib berish bilan birga ular faoliyatini nazorat qilish va egallash bilim, ko‘nikma, malakalari va  kompanentlarni rag‘batlantirishda alohida e'tibor berilib, hayotga tadbiq etishga o‘rgatiladi.

Bu uslubiy qo‘llanma o‘quvchilarning og‘zaki va yozma  nutqini rivojlantirishda xizmat qiladi hamda fikirlash qobiliyatlarini o‘stiradi.

Shuningdek o‘qituvchilarga tayyor uslubiy qo‘llanma bo‘lib, rasmli elemkentlardan tuzilgan. Bundan tashqari uslubiy qo‘llanma o‘quvchilarning mustaqil ishlashdari uchun ham qulay yaratilgandir.

Birinchi prezidentimiz tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga berilayotgan bunday katta e'tibor ta'lim tizimi va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarini yuklamoqda. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogic texnologiyalaridan unumli foydalanish bugungi  asosiy   vazifalardandir.

Bugungi kunda ta'lim jarayoniga yangi-yangi axborot texnologiyalaralining kirib kelishi jadallashmoqda va bu ta'lim jarayonini yanada sifatli tashkil etishga ta'sir ko‘rsatayogani amalda o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.

O‘zbek xalqining ulug‘ allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy asarlarida yosh avlodga bilim berishning turli yo‘llari va vositalari haqida tushunchalar berilgan bo‘lib ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash xususida to‘xtalib o‘tgan.

Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar asarida Beruniy sxolastik metodlardan voz kechish, dars samaradorligini oshirish yo‘llarini izlash bolalarning xotirasini rivojlantirishga,  fikrlashga undashini ta'kidlab o‘tgan “Maqsad gapni cho‘zish emas,  balki o‘quvchini zeriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray verish malollik va sabrsizlikka olib keladi.  O‘quvchi fandan-fanga o‘tib tursa turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi. Birini ko‘rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o‘ziga yarasha lazzat bor deyilganidek ularni ko‘rishga qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi”

Buyuk Amir Temur o‘zining o‘gitlarida har bir ishni boshlagan butun diqqat,zehn va bor kuchini, shu ishga qaratish lozimligini ta'kidlagan: “Azmu jazm bilan ish tutdim.Biron ishni qilishga qasd qilgan bo‘lsam,butun vujudim bilan bog‘lanib,bitirmaganimcha undan qo‘limni tortmadim”.

E'tibor qilinsa, ajdodlarimiz merosida ta'limda qiziqib o‘rganishga katta e'tbor qaratiladi,shuningdek, ta'limni tashkil etish mahorati o‘rganishning asosiy sharti sifatida keltirilgan.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng malakali mutaxassislar tayyorlashga katta e'tbor berib kelinmoqda.  Zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish ta'lim tizimini takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish hozirgi kunning muhim talabiga aylanadi.

Shuning uchun bog‘cha yoshidan to mukammal kasbni egallagunga qadar yangi axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Rus sinflar uchun matematika  va ona tili fanlaridan yozilgan dars ishlanmasi ilmiy jihatdan to‘g‘ri texnologik xarita va reja asosida yozilgan bo‘lib, bunday dars ishlanmalarini yozib, darslarini mazmunli va qiziqarli olib boradigan o‘qituvchilarning ish tajribalarini viloyat miqiyosida, respublika miqiyosida ommalashtirilsa, mazmunli va sifatli-samarali darslar ko‘payib, yosh o‘qituvchilar uchun uslubiy yordam bo‘ladi.

BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQNI O‘STIRISH

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi metodisti G.O‘rinova,


Kiritilgan vaqti: 11/03/2018 11:59;   Ko‘rilganligi: 114
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/boshlangich-talimda-ogzaki-va-yozma-nutqni-ostirish
Chop etilgan vaqti: 21/07/2019 07:48
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing