Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Boshlang‘ich ta'limda ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Samarqand shahridagi 58-umumta'lim maktabida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamda xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bilan hamkorlikda ana shu mavzuda ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarni viloyat xalq ta'limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, Xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha koordinator G‘ayrat Boboxolov kirish so‘zi bilan ochib, bugun umumta'lim muassasalari oldida turgan muhim sinovlar, xususan, Xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Bunda, avvalo, o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta'lim sifati va samaradorligini takomillashtirishda yangicha yondashuvlarni tatbiq etish lozimligini ta'kidladi. Viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri Mahbuba Rahimqulova ham bu haqda to‘xtalib, o‘qituvchilar, ayniqsa, ba'zi boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilarining PISA, PIRLS va TIMSS dasturlariga doir fikrlari chalkash ekanligi, bu kabi seminarlar ularning tadqiqotlarga munosib hozirlik ko‘rish, o‘quvchilarga sifatli ta'lim berishlarida muhim ahamiyatga ega ekanligini bildirdi. Seminar munozara va amaliy mashg‘ulotlarga boy o‘tdi. Viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi o‘qituvchilari D.Jo‘rayeva, D.Rabbanayevalarning PIRLS — matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqotning maqsadi va tartibi, tadqiqot bo‘yicha topshiriqlar tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha treninglar tashkil etishdi. Xuddi shunday seminarlarni tumanlarda ham tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Gulchehra O‘RINOVA, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlang‘ich ta'lim metodisti


Oxirgi o‘zgarish: 22/02/2020 11:15;   Ko‘rilganligi: 49
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/boshlangich-talimda-talim-sifatini-baholash-sohasidagi-xalqaro-tadqiqotlarning-orni
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 03:01
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing