Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

BUNDA YOSHLAR TOPADI KAMOL

Nurobod tumanidagi  «Barkamol avlod» bolalar markazida «Badiiy ijodiyot», «Texnik ijodkorlik» hamda «O‘lkashunoslik va ekologiya» yo‘nalishlari bo‘yicha 17 ta to‘garak faoliyat ko‘rsatmoqda.

To‘garaklarga 510 nafar o‘quvchilar ota-onalari bilan tuzilgan shart­noma asosida qabul qilingan. Markazdagi to‘garaklar ishi ikki navbatda tashkil qilingan bo‘lib, ularning barchasi so‘nggi rusumdagi zamonaviy jihozlar va asbob-uskunalar bilan ta'minlangan.

«Yoz konsepsiyasi» doirasida amalga oshirilayotgan haftalik to‘garak mashg‘ulotlari va ko‘rgazmalarning dasturi ishlab chiqilib, shu asosda mashg‘ulotlar va ijodiy ishlar ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda.

Boshlang‘ich kasb sirlarini o‘rganayotgan o‘quvchilarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallayotganligi ham bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garak rahbarlarining o‘z kasblariga ijodiy yondashayotganligi natijasidir. Jumladan, 2016-2017 o‘quv yilida 4 nafar o‘quvchi ko‘rik-tanlovlarning viloyat bosqichida birinchi, 9 nafari ikkinchi, 16 nafari uchinchi, 6 nafari to‘rtinchi o‘rinlarni egallaganliklari va 3 nafari faol ishtirokchi sifatida rag‘batlantirilganligi fikrimiz dalilidir. Jumladan, Sh. O‘roqov «Qonunni bilganga keng dunyo», Sh.Amirov «Eng faol foto ijodkor» ko‘rik-tanlovlarida, M.Tongotarov «Ekologiya bolalar nigohida» ekofestivalida va U.Yuldasheva «Badiiy ijodiyot» festivalida faxrli 1-o‘rinlarni egallashdi.

O‘quvchilarning yutuqlarini ko‘rib ezgu maqsad yo‘lidagi sa'y-harakatlar samara berayotganligidan faxrlanamiz.


Kiritilgan vaqti: 26/06/2017 15:57;   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/bunda-yoshlar-topadi-kamol
Chop etilgan vaqti: 21/04/2019 01:36
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing