Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik

Samarqand viloyatida “Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik” shiori ostida

 Respublika ishchi guruhi o‘z ishini boshladi  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari mavzusida bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida maktab ta'limini rivojlantirish buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi, ustozlarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish jamiyatimizda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilishi zarur ekanligi belgilangan.

Joylarda barcha rahbarlar va mutasaddilar “Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik” shiorini dasturilamal qilib, maktab ta'limini rivojlantirishga yo‘naltirilgan buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga yetakchilik qilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasidagi ishlarni tizimli tashkil etish va ko‘zlangan pirovard natijalarga erishilishini ta'minlash, bu borada hududlardagi mas'ullarning faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirish, islohotlar samaradorligini ta'minlash, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta'lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo‘llash ishlarini tashkil etish maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov boshchiligidagi ta'lim tizimiga mas'ul 40 dan ortiq vazirlik, tegishli boshqarma va tashkilot mutasaddilaridan iborat Respublika ishchi guruhi  viloyatimizda o‘z ishini boshladi. 

Bugun xalq ta'limi tizimida islohotlar samaradorligini ta'minlash,   o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta'lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni takomillashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi rahbarlari Jomboy tumanida ham bo‘lishdi.

 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Hotamjon Ketmonov va Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Sulaymonov hamda ishchi guruh a'zolari tomonidan ikki kun mobaynida tumandagi 18 ta maktablarning faoliyati tahliliy o‘rganildi.

Tizimda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning xalq ta'limi tizimida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflari olindi.

         O‘rganish davomida o‘quv-uslubiy va ma'naviy-ma'rifiy, obodonlashtirish ishlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

         O‘rganishlar joylarda davom etadi.

Oxirgi o‘zgarish: 10/09/2019 17:54;   Ko‘rilganligi: 216
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/butun-kuchni-xalq-ichidan-olaylik-quchoq-ochib-maktablarga-boraylik
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 03:19
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing