Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Buvijonlar kiygan liboslar nabiralar ardog‘ida

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan tadbirlar tashkil etilmoqda.

           Samarqand tumanidagi 33-umumta'lim maktabida viloyat hokimligi, xalq ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Buvijonim kiygan liboslar” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir ham o‘quvchi-yoshlar qalbida milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhini kamol toptirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

          Tadbirda viloyatdagi tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlarining xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raislari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

           Tadbir ishtirokchilari dastlab Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 1 martdagi 67-sonli buyrug‘i asosida jihozlangan ta'lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, 5 ta muhim tashabbus ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

           Asrlar osha avloddan avlodga o‘tib kelayotgan milliy taomlar, zardo‘zlik namunalari,  momolarimiz va buvilarimiz kiygan liboslar ko‘rgazmasi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.    

           O‘quvchi-qizlar o‘z chiqishlarida yillar davomida buvijonlari kiygan milliy liboslar bilan birgalikda zamonaviy usullarda, nozik va bejirim qilib tikilgan, milliy an'analarimizni o‘zida mujassam etgan liboslarni ham namoyish etishdi.

           O‘quvchilar ijrosidagi quvnoq qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlar qalbiga xush kayfiyat ulashdi.

           Tadbir doirasida yil davomida “Qizlarjon” klubi a'zolari tomonidan o‘quvchi-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar, 2019 yilning 9 oyi davomida viloyat xalq ta'limi tizimida voyaga yetmagan o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni oilaga tayyorlash, erta turmushga chiqish holatlarining oldini olish, qizlarning kiyinish madaniyatiga rioya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

            Tadbirda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator G.Alimova hamda Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Rafiyeva ishtirok etishdi.

         Samarqand viloyati

xalq ta'limi boshqarmasi

axborot xizmati.

Oxirgi o‘zgarish: 31/10/2019 07:00;   Ko‘rilganligi: 68
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/buvijonlar-kiygan-liboslar-nabiralar-ardogida
Chop etilgan vaqti: 20/11/2019 18:39
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing