Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

CHQBT fani o‘qituvchilari bellashdi

Samarqand viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlash markazida viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamda xalq ta'limi boshqarmasi hamkorligida “Eng yaxshi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda uning tuman va shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 nafar o‘qituvchi 5 ta shart — harbiy bilim va salohiyati, jismoniy, ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Samarqand shahridagi 45-umumiy o‘rta ta'lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi Baxtiyor Saydaliyev birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Samarqand tumanidagi 13-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Erkin Shirinov hamda Past Darg‘om tumanidagi 75-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Dilshod Haydarovlarga nasib etdi. G‘oliblar tashkilotchilarning diplomi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etgan o‘qituvchilarga nominatsiyalar bo‘yicha faxriy yorliqlar topshirildi.

Nurali IBRAGIMOV,

viloyat xalq ta'limi

boshqarmasi metodisti


Oxirgi o‘zgarish: 19/12/2019 16:06;   Ko‘rilganligi: 108
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/chqbt-fani-oqituvchilari-bellashdi
Chop etilgan vaqti: 28/02/2020 00:19
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing