Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Dars kuzatish va tahlil qilish bo‘yicha tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlari metodistlari uchun metodik tavsiya

Dars kuzatish va tahlil qilish bo‘yicha tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlari metodistlari uchun metodik tavsiya

Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o‘quv fanga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o‘qituvchining  faoliyati ham aniqlanadi. Chunonchi o‘qituvchining o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yishi, dars jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etish, o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.

O‘qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.

Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilarining darslarini  tahlil qilishda ko‘pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay, ko‘proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o‘qituvchining ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi,, vaqt taqsimotiga to‘g‘ri amal qilinganligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olganligi yoki olmaganligi kabi masalalar to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o‘qituvchining o‘zini-o‘zi tahlil qilishga e'tibor qaratmaslikdir. O‘zini-o‘zi tahlil qilish tamoyili o‘qituvchining o‘z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va  bartaraf etishga oid maqsadli yo‘lni belgilab olishga asos bo‘ladi. O‘qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar.  

Metodik tavsiya     

Tavsiya usti


Kiritilgan vaqti: 13/03/2018 12:03;   Ko‘rilganligi: 218
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/dars-kuzatish-va-tahlil-qilish-boyicha-tuman-shahar-xalq-talimi-bolimlari-metodistlari-uchun-metodik-tavsiya
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 07:56
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing