Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“Doimo qalbimizda mangusiz!”

Samarqand shahridagi 21-umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir shunday nomlandi.

Unda Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoatchilik fondi rahbari Tatyana Karimova va birinchi prezidentimizning do‘stlari, yaqinlari uning hayoti, faoliyati, mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan islohotlari, ulkan jasorati haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi.
Maktab o‘quvchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan she'r va qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar va faol o‘quvchilarga Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mehmonlar Birinchi Prezidentimiz o‘qigan maktab tarixi muzeyi bilan tanishdi.


Kiritilgan vaqti: 28/01/2019 14:33;   Ko‘rilganligi: 179
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/doimo-qalbimizda-mangusiz
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 17:39
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing