Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

ENG NAMUNALI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI ANIQLANDI

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining “Eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovining Samarqand shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
  Shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqan shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Rahmanova va boshqalar bugungi kunda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy faolligini oshirish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidlashdi.
  “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida tashkil etilgan tanlovning ushbu bosqichida 1-o‘rinni 21-umumta'lim maktabi Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Surayyo Qurbonava qo‘lga kiritib, u boshchilik qilayotgan BT eng namunali, deb e'tirof etildi.
  Shuningdek, qo‘mitaning bir qator faollariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Oxirgi o‘zgarish: 10/08/2019 07:01;   Ko‘rilganligi: 48
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/eng-namunali-boshlangich-tashkiloti-aniqlandi
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 17:44
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing