Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

GO‘ZAL ABDUXALILOVA TANLOV G‘OLIBI BO‘LDI

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma'rifat” nomli ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ushbu ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan Samarqand shahridagi 13-umumta'lim maktabining 9-B sinf o‘quvchisi Go‘zal Abduxalilova faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ustozlarimizning ko‘proq kitob mutolaa qilishga undashida hikmat ko‘p, — deydi Go‘zal Abduxalilova. — U aqlimizni peshlaydi, fikrlarimizni tiniqlashtiradi. Buning isbotini mustaqil ijodiy ishlar yozganda ko‘rish mumkin. “Jaholatga qarshi ma'rifat” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida ham g‘olib bo‘lishimda aynan kitobga oshnoligim naf berdi. Ijodiy ishimda yoshlar o‘rtasida tobora urchiyotgan turli illatlar, “ommaviy madaniyat” sarqitlari, ularning o‘quvchilar ongiga salbiy ta'sirini bayon etdim. Tengdoshlarimni turli noto‘g‘ri xatti-harakatlarini qoralab, ezgulik tarafdori bo‘lib yashashga, o‘qish va izlanishga undadim.

Iqtidorli o‘quvchining bu inshosi hakamlar hay'ati tomonidan yuqori baholanib, birinchi o‘ringa munosib, deb topildi. U O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Oxirgi o‘zgarish: 09/11/2019 06:54;   Ko‘rilganligi: 60
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/gozal-abduxalilova-tanlov-golibi-boldi
Chop etilgan vaqti: 10/12/2019 02:10
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing