Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

HAR BIR BOLA MEHR VA E'TIBORDA

Joriy yilning 30 may kuni Samarqand shahridagi 10-son Mehribonlik uyi va 62-son maxsus maktab-internatida 1-iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan xayriya tadbirlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirok etib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladilar. Homiylar va harbiylar tomonidan ta'lim muassasalariga “Artel” rusumli rangli televizorlar va ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolajonlarning har biriga bayram sovg‘alari tuhfa etildi. Ta'kidlash joizki, har yili joylardagi hamkor tashkilot vakillari tomonidan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va imkoniyati cheklangan bolalar holidan xabar olish, ularga bayram sovg‘alari ulashish an'anaga aylangan. 1 iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar yuzlab bolajonlar qalbiga cheksiz quvonch va shodlik bag‘ishlayotganligi bilan e'tiroflidir. Joriy yilning 30 may kuni Samarqand shahridagi 10-son Mehribonlik uyi va 62-son maxsus maktab-internatida 1-iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan xayriya tadbirlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirok etib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladilar. Homiylar va harbiylar tomonidan ta'lim muassasalariga “Artel” rusumli rangli televizorlar va ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolajonlarning har biriga bayram sovg‘alari tuhfa etildi. Ta'kidlash joizki, har yili joylardagi hamkor tashkilot vakillari tomonidan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va imkoniyati cheklangan bolalar holidan xabar olish, ularga bayram sovg‘alari ulashish an'anaga aylangan. 1 iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar yuzlab bolajonlar qalbiga cheksiz quvonch va shodlik bag‘ishlayotganligi bilan e'tiroflidir.

Kiritilgan vaqti: 01/06/2019 16:52;   Ko‘rilganligi: 190
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/har-bir-bola-mehr-va-etiborda
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 07:56
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing