Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Hayot xavfsizligi asoslari o‘quv kursi bo‘yicha metodik qo‘llanma va didaktik materiallar loyihalari tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda

2019 yil 20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, BMT bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi Fuqaro Muhofazasi institutining 3 nafar xodimlari tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va xavfsiz xatti-harakatlar bo‘yicha materiallarni tajriba-sinovdan o‘tkazish kursi bilan tanishish maqsadida Jomboy tumanidagi  40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash joizki, joriy o‘quv yilida Jomboy tumanidagi 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 10-11-sinflarida “Hayot xavfsizligi asoslari” o‘quv kursi bo‘yicha o‘quv dasturi, metodik qo‘llanma va o‘quvchilar uchun berilgan didaktik materiallar loyihalari tajriba-sinovdan o‘tkazish maqsadida tanlab olingan edi.

Tashrif davomida Respublika ta'lim markazi bo‘lim boshlig‘i Z.Shamsiyeva, Fuqaro muhofazasi instituti harbiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti S.Xusanova hamda YUNISEFning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha maslahatchi mutaxassisi F.Atajanovlar tomonidan birinchi yarim yillik monitoring natijalari o‘rganib chiqilib, o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatildi. O‘quv yilining 3-chorak yakuni bo‘yicha respublikamizdagi 5 ta viloyatlarda “Hayot xavfsizligi asoslari” kursini birlashtiruvchi o‘quv dasturi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tajriba-sinov maktablari o‘qituvchilari ishtirokida seminar tashkil etilishi va tajriba-sinov jarayonida ishtirok etadigan o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan eng yaxshi dars ishlanmalari va metodik qo‘llanmalar respublika miqyosida ommalashtirish va har bir tajriba-sinov maktablarining rahbarlari va fan o‘qituvchilarining hisobotlari tinglanishi ta'kidlandi.

 “Hayot xavfsizligi asoslari” kursini birlashtiruvchi o‘quv dasturi bo‘yicha maktabning 10-sinfida geografiya fanidan 1-soat dars tahlil qilindi. Shuningdek, tajriba-sinov jarayonining birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilinib, maktab rahbarlarlari va fan o‘qituvchilarining hisobotlari tinglandi.

 Tashrif yakunida YUNISEFning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha maslahatchi mutaxassisi F.Atajanov tomonidan 40-ixtisoslashtirilgan davlat  umumta'lim maktabida tajriba-sinov o‘tkazayotgan kimyo, biologiya, geografiya, fizika, CHYOT va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga plakatlar va metodik qo‘llanmalar taqdim etildi.


Oxirgi o‘zgarish: 21/02/2019 14:57;   Ko‘rilganligi: 199
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/hayot-xavfsizligi-asoslari-oquv-kursi-boyicha-metodik-qollanma-va-didaktik-materiallar-loyihalari-tajriba-sinovdan-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 07:57
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing