Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi

Samarqand shahridagi 37-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Fan olimpiadasida viloyatimizdagi umumta'lim maktablarining 1-11 sinf o‘quvchilari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishdi. Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi bo‘lib, 2012 yil Angliya Davlatining “Pearson Education” tashkiloti ko‘magi ostida, Italiya davlatining “Global HIPPO Association” uyushmasi tasarrufida tashkil etilgan. Hozirgi kunda dunyoning 40 dan ortiq (ingliz tili asosiy til hisoblanmagan) davlatlaridan 36 ming nafar atrofida ishtirokchilar qatnashib kelmoqda. HIPPO olimpiadasi 2018 yildan buyon Angliya davlatining Gatehouse Awards tashkiloti bilan hamkorlikda ish faoliyatini davom ettirmoqda. Olimpiadaning har bir ishtirokchisi HIPPO olimpiadasida Buyuk Britaniyaning Xalqaro standart darajasiga ega bo‘lgan IESOL testlarini topshiradi. Ishtirokchilar jami 4 ta ko‘nikma (so‘zlashish, o‘qish, yozish va tinglab tushunish) bo‘yicha bellashadi. Ilk bosqichda o‘quvchilarning o‘qish va tinglab tushunish, yarim final bosqichida esa yozish va o‘qish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. Final bosqichida o‘quvchilar barcha ko‘nikmalar bo‘yicha imtihon topshirishadi.

Zarifa IBODULLOYEVA, xorijiy tillar metodisti.


Oxirgi o‘zgarish: 10/02/2020 15:49;   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/hippo-xalqaro-ingliz-tili-fani-olimpiadasining-hududiy-saralash-bosqichi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 03:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing