Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Hokim maktab yoshlar yetakchisining taklifini qo‘llab-quvvatladi

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida ishtirok etgan o‘quvchi-talabalar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha viloyat hokimiga murojaat qildi.

Jumladan, Samarqand shahridagi 20-maktabning yoshlar yetakchisi Sayyora Baxriddinovaning shahrimizda yo‘lovchi tashuvchi transportlarning betartib harakati, ushbu yo‘nalishdagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘zining takliflarini bildirdi. Viloyat hokimi ko‘tarilgan masala yuzasidan mutasaddi rahbarlarga vazifalar belgilab berdi.
— Bu kabi muammolar eng og‘riqli masala, - dedi viloyat hokimi E.Turdimov. – Ularni hal etishda jamoatchilik nazorati kerak, albatta. Fursatdan foydalanib, bir taklifni o‘rtaga tashlamoqchiman, ya'ni qalbi qaynoq, yuragida vatanparvarlik tuyg‘usi jo‘shgan 50 nafar yosh yigit-qizga zamonaviy telefon apparati olib beriladi. Ular blogerlik bilan shug‘ullanib, jamiyatimizda uchrayotgan muammoli holatlarni suratga olib, viloyatdagi telegram guruhlariga joylashtirib boradi. Mazkur muammolar ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda yoritiladi va har bir mas'ul rahbar shu muammoni vaqtida bartaraf etish chorasini ko‘radi. Eng faol ishlagan yoshlar vakili har oy yakunida rag‘batlantirib boriladi.
T.Siddiqov


Oxirgi o‘zgarish: 03/01/2020 12:40;   Ko‘rilganligi: 99
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/hokim-maktab-yoshlar-etakchisining-taklifini-qollab-quvvatladi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 07:46
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing