Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

HOKIM OTA-ONALAR YIG‘ILISHIGA BORDI

Kimningdir ko‘nglidan “Nima qilibdi?! Farzandining taqdirini o‘ylab, qayg‘urgani uchun boshqa ota-onalar qatori borsa-boribdi-da”, degan fikr o‘tishi mumkin, sarlavhani o‘qib...

Urgut tuman hokimi M.Turdiyevning farzandi tumandagi 136-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ta'lim-tarbiya olib keladi. Bugun o‘g‘lining sinf rahbari ota-onalar yig‘ilishini o‘tkazdi. Kutilmaganda yig‘ilishga hokim ham kirib keldi. U bola ta'lim-tarbiyasiga biror vaqt sovuqqonlik bilan qaramaslik, pedagog bilan hamisha hamkor va hammaslak bo‘lib, unga ko‘maklashish, tarbiyada, ayniqsa, sergak bo‘lish lozimligini boshqa ota-onalarga ham uqtirdi. Ayni paytda hokimning tumandagi ishlari, ko‘p sonli aholining dardu-hasratiga quloq tutishdan ortib, bola tarbiyasiga mas'uliyat bilan qaragani e'tiborga molik. Ammo...
Xuddi yuqorida ta'kidlaganimizdek o‘y-xayolga boruvchilar uchun aytmoqchimizki, bugun ota-onalar yig‘ilishi desa ba'zilarning ensasi qotadi. Er-xotin o‘rtasida “qur'a tashlash” boshlanib ketadi. Bitta vaj bor: meni ishim ko‘p, vaqtim yo‘q... Buning oqibatida har chorak tugul, yilda bir bor farzandining ortidan so‘rab kelmagan “qahramonlar” uchrab turadi. Biroq, unutmaslik lozimki, bugun voyaga yetayotgan o‘g‘il-qizlarni birgina maktabning o‘zi tarbiyalay olmaydi. Unga ta'lim va tarbiyani bir paytda singdirish, iqtidor va iste'dodini qo‘llab-quvvatlash, ezgu orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun ota-onaning nazorati, ustoz va murabbiy bilan doimiy hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

Samarqand viloyat xalq ta'limi
boshqarmasi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 14:27;   Ko‘rilganligi: 108
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/hokim-ota-onalar-yigilishiga-bordi
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 03:39
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing