Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

IJODIY UCHRASHUV

Joriy yil 17 dekabr kuni viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Boshlang‘ich ta'lim”, “Xalq ta'limi”, “Ma'rifat”, “Gulxan” kabi gazeta va jurnallar tahririyat xodimlari ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

        Tadbirda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, tuman, shaharlardan taklif etilgan tajribali va ijodkor o‘qituvchilar ishtirok etib, matbuotning ziyolilar hayotidagi o‘rni va ahamiyati, ularda yoritilayotgan dolzarb masalalar va kelgusidagi rejalar xususida so‘z yuritildi.

         Ta'kidlanganidek, “Boshlang‘ich ta'lim”, “Xalq ta'limi”, “Ma'rifat”, “Gulxan” kabi gazeta va jurnallar xalq ta'limi xodimlarining haqiqiy minbariga aylangan. Ularda chop etilayotgan dolzarb mavzulardagi maqolalar, metodik tavsiyalar, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati aks etgan dars ishlanmalari har bir o‘qituvchini o‘z ustida ishlashga, bilimi va tajribasini boyitishga xizmat qiladi.

        Tadbir davomida Samarqand shahridagi umumta'lim maktablarining ilg‘or, ijodkor, iste'dodli o‘quvchilari ona Vatan, tinchlik, do‘stlik, beg‘ubor bolalikni madh etuvchi she'rlarni yoddan, ifodali o‘qib berishdi.

        Yil davomida o‘zining maqolalari bilan faol ishtirok etgan bir guruh o‘qituvchilarga  tahririyat xodimlarining badiiy kitoblardan iborat sovg‘alari topshirildi.


Kiritilgan vaqti: 18/12/2018 09:13;   Ko‘rilganligi: 187
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/ijodiy-uchrashuv
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 08:47
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing