Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab ma'muriyati muqova sotib pul ishlamoqda” nomli postga Toyloq tuman xalq ta'limi bo‘limining munosabati

Joriy yilning 3 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab ma'muriyati muqova sotib pul ishlamoqda” sarlavhali post e'lon qilindi. Unda Toyloq tumanidagi 3-umumta'lim maktabi ma'muriyati o‘quvchilarga daftar muqovasini 1000 so‘mdan majburan sotayotganligi iddao qilingan.

Toyloq tuman xalq ta'limi bo‘limi mas'ul xodimlari va maktabning kuzatuv kengashi tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalariga asosan shuni ma'lum qilamizki, maktabda hech qanday daftar muqovasi pulga sotilmagan. Vaholanki, daftarlarga muqovalar o‘quvchilarning o‘z ixtiyorlari bilan fan daftarlarining yuzini ozoda saqlash maqsadida yuritilgan. Bu borada maktab ma'muriyati tomonidan majburiy tartibda talab qo‘yilmaganligi aniqlandi.

O‘quvchi va o‘qituvchilar hamda ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma, o‘rganish natijalariga muvofiq, ushbu xabar o‘z isbotini topmadi.

Toyloq tuman xalq ta'limi bo‘limi


Oxirgi o‘zgarish: 04/03/2020 06:04;   Ko‘rilganligi: 52
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/ijtimoiy-tarmoqlarda-maktab-mamuriyati-muqova-sotib-pul-ishlamoqda-nomli-postga-toyloq-tuman-xalq-talimi-bolimining-munosabati
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 03:22
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing