Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

ILMI DARYO, MEHRI UMMON USTOZLAR E'ZOZ VA EHTIROMDA

1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar ayyomi mamlakatimizda bu yil har yilgidan ko‘tarinki ruhda, yuksak saviyada nishonlandi. “Mo‘jiza” amfiteatrida o‘tkazilgan tantanali bayram tadbiriga ta'lim sohasi vakillari, fidoyi ustoz va murabbiylar, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigini viloyat hokimi E.Turdimov o‘qib eshittirdi.Tadbir qatnashchilari davlatimiz rahbarining “Bizning barcha sa'y-harakatlarimiz “O‘zbekistonda eng obro‘li inson muallim bo‘lishi kerak” degan g‘oyani amalga oshirishga qaratilmoqda. Buning uchun davlat va jamiyat tomonidan qancha mablag‘, resurs va imkoniyatlar zarur bo‘lsa, barchasini safarbar etamiz” degan fikrlarini olqishlab qabul qildilar.
Shundan so‘ng Prezidentimizning bayram munosabati bilan qabul qilingan farmoniga ko‘ra, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan 9 nafar samarqandlik o‘qituvchi va murabbiylarga orden va medallar tantanali ravishda topshirildi.
Sana munosabati bilan fidoyi, jonkuyar, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib faoliyat yuritayotgan, ta'lim sohasida yuqori natijalarga erishgan bir guruh ustozlar viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tantanali tadbirning konsert dasturida ijro etilgan dilrabo taronalar barchaga xush kayfiyat ulashdi. Albatta, o‘qituvchi va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan e'zoz va ehtirom ularni yangidan yangi mehnat zafarlariga chorlaydi.

Oxirgi o‘zgarish: 05/10/2019 08:04;   Ko‘rilganligi: 343
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/ilmi-daryo-mehri-ummon-ustozlar-ezoz-va-ehtiromda
Chop etilgan vaqti: 23/02/2020 01:17
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing