Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARI O‘QITILDI

Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Xalq ta'limi vazirligi hamda O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari bilan hamkorligida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (Ingliz tilida so‘zlashadigan millat: o‘rta maktab o‘qituvchilari malakasini oshirish) loyihasi doirasidagi ushbu seminarda viloyatimizning umumta'lim maktablaridan 90 nafar ingliz tili o‘qituvchilari hamda chet tili metodislari ishtirok etdi. Seminarda Xalqaro ta'lim bo‘yicha Amerika Kengashlari dasturi hamda Xalq ta'limi vazirligi vakillari tomonidan ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish, tilni noan'anaviy usullardan foydalangan holda samarali o‘qitish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

O‘qituvchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘zaro fikr almashdilar.

Zarifa IBODULLOYEVA


Oxirgi o‘zgarish: 28/12/2019 14:24;   Ko‘rilganligi: 101
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/ingliz-tili-oqituvchilari-oqitildi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 06:22
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing