Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

IQTIDOR MAKTABDA SHAKLLANADI

Bugun yoshlar ongi va tafakkurini zaharlashga qaratilgan turli zararli illatlar avj olayotgan bir paytda ularning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, bandligini ta'minlash dolzarb masalaga aylanmoqda.

Bu jarayonda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus dolzarb ahamiyat kasb etayotir..
Samarqand shahridagi 20-umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tgan «5 tashabbus — ertamiz egalari istiqboli» nomli festivalda bu alohida ta'kidlandi.
Festivalning ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bosh mutaxassisi J. Tursunov, maktab direktori M. G‘ayipov va boshqalar yurtimizda yoquvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, bu borada Yurtboshimiz tashabbusining ahamiyati, uni hayotga tatbiq etish istiqbollari haqida to‘xtalishdi.
Tadbir davomida maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Vatanni, yoshlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, maktabning “Gulg‘uncha” raqs ansambli chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.
— Ayni paytda muassasamizda 959 nafar o‘quvchi ta'lim-tarbiya olmoqda, — deydi maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Charos Abdullayeva. — Ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorini aniqlash va rivojlantirish maqsadida 33 yo‘nalishdagi fan va ijodiy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularga jalb qilingan o‘quvchilarimiz viloyat va shahar miqyosidagi turli ko‘rik-tanlovlarda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda.
Tadbir ishtirokchilari maktabda tashkil qilingan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Bu tajribani boshqa umumta'lim maktablarida ham ommalashtirishga kelishib olindi.
Asqar BAROTOV
Samarkandnews.uz


Oxirgi o‘zgarish: 06/12/2019 17:05;   Ko‘rilganligi: 143
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/iqtidor-maktabda-shakllanadi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 13:55
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing