Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Ishtixon “Obod qishloq”laridagi ob’yektlar foydalanishga topshirildi

Ishtixon “Obod qishloq”laridagi ob’yektlar foydalanishga topshirildi - zarnews.uz

Ishtixon tumanida "Obod qishloq" dasturi asosida Sheyxlarkent, Bo‘ston va Xalqobod qishloqlarida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Jumladan, mazkur qishloqlarda 3 ta umumta’lim maktabi, ikkitadan qishloq oilaviy poliklinikasi va maktabgacha ta’lim muassasasi ta’mirlandi, Bo‘ston tez yordam shoxobchasi yangidan qurilib foydalanishga topshirildi. Obod qishloqlarda 3 ta suv inshooti qurilib, 9,5 kilometrga ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, qishloqlardagi 483 ta kam ta’minlangan oilalarning uy-joylari ta’mirlandi.

Ishtixon “Obod qishloq”laridagi ob’yektlar foydalanishga topshirildi - zarnews.uz

Dastur asosida Sheyxlarkent qishlog‘ida 48 xonadondan iborat 4 qavatli, 10 ta kam ta’minlangan oila uchun yangi uylar qurildi. Bugun esa tumanda dastur asosida bajarilgan ishlar va yangi qurilgan ob’yektlar foydalanishga topshirildi.


Oxirgi o‘zgarish: 09/11/2019 06:39;   Ko‘rilganligi: 129
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/ishtixon-obod-qishloqlaridagi-obyektlar-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 04:07
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing