Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

ISTE'DODLI YOSHLAR TANLOVI

2017 yil 18-20 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida “Jivoy rodnik” nomli xalqaro tanlov bo‘lib o‘tdi.

7 ta davlatdan 200 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etgan ushbu  tanlovda Jomboy tumanidagi 10-son Bolalar musiqa va san'at maktabi an'anaviy xonandalik sinfi o‘quvchisi Dinora Husainova faxrli 1, Tayloq tumanidagi 29-son Bolalar musiqa va san'at maktabi an'anaviy xonandalik sinfi o‘quvchisi Shohruh Nishonov 2, Samarqand shahridagi 1-son Bolalar musiqa va san'at maktabi estrada xonandaligi sinfi o‘quvchisi Mushtariybegim Hamidova hamda Samarqand shahridagi 22-son Bolalar musiqa va san'at maktabi an'anaviy xonandalik sinfi o‘quvchisi Diyorbek G‘aniyev 3-o‘rinlarni egallashdi.

Yosh iste'dod egalari 2017 yil iyun oyida Chernogoriyada bo‘lib o‘tadigan tanlovga sertifikatni va 2018 yil iyun oyida AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan konsertda ishtirok etish uchun  taklifnomani qo‘lga kiritdilar.


Kiritilgan vaqti: 22/03/2017 12:20;   Ko‘rilganligi: 79
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/istedodli-yoshlar-tanlovi
Chop etilgan vaqti: 17/06/2019 20:17
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing