Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

JURNALIST NEGA NOXOLIS YONDASHDI?

11 noyabr kuni “Mahalla” gazetasining http://mahalladosh.uz veb-saytida “Sinfxonalar qachongacha qo‘lbola isitgichlar bilan isitiladi?” nomli tanqidiy maqola e'lon qilindi. Unda Bulung‘ur tumanidagi 15-, 42- hamda 52-umumiy o‘rta ta'lim maktablarida kuz-qish mavsumiga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilmagani, go‘yo hali ham sinfxonalarni isitishda qo‘lbola isitish moslamalari (burjuyka pechlar)dan foydalanilayotgani tanqid qilingan edi.

Mazkur maqola yuzasidan My5 telekanali va mas'ul tashkilotlarning axborot xizmatlari birgalikda o‘rganish olib borishdi. O‘rganish natijasida muallif Yormamat Rustamov yolg‘on va noxolis ma'lumotlar asosida maqola nashr etgani aniqlandi. Ushbu maqola yuzasidan rasmiy munosabat viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamda Bulung‘ur tuman hokimligi rasmiy veb-saytida “YOLG‘ON AXBOROT BERGAN MUXBIR QONUN OLDIDA JAVOB BERISHI KERAK! yoxud jurnalist nega noxolis yondashdi?” sarlavhasi ostida nashr etilgan. My5 telekanalining o‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlagan video lavhasi “Markaziy studiya” ko‘rsatuvidan o‘rin oldi.

P.S. Bundan oldin “Mahalla” gazetasining http://mahalladosh.uz veb-saytida 2 ta maqoladagi vajlar haqiqatdan yiroqligi, maqolalar yolg‘on va noxolis ma'lumotlar asosida nashr etilganligi bo‘yicha viloyat hokimligi Axborot xizmati tahririyat bilan telefon orqali bog‘langan holda xabar berib, vajlarni bevosita tahririyat vakillari ishtirokida o‘rganib chiqishga tayyorligini ma'lum qilgan edi. Biroq, tahririyat faqatgina maqoladagi rasmlarni almashtirish bilan kifoyalanib, "xulosamizni aytamiz" qabilida sukut saqlashni ma'qul ko‘rdi. Maqolalar muallifi esa turli vajlar bilan viloyat hokimligi axborot xizmati, viloyat televideniyesi hamda “Zarafshon” gazetasi tahririyati vakillaridan iborat bo‘lgan ishchi guruh tarkibida bevosita o‘rganishlarda ishtirok etishni rad etdi. Ushbu holatlar bo‘yicha tahririyatning rasmiy munosabatini kutib qolamiz!

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Kiritilgan vaqti: 15/11/2019 07:46;   Ko‘rilganligi: 183
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/jurnalist-nega-noxolis-yondashdi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 08:03
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing