Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

KATTAQO‘RG‘ONLIK OSIYO CHEMPIONI

KATTAQO‘RG‘ONLIK OSIYO CHEMPIONI – Telegraph

Bugun yurtimizda sportni rivojlantirish, yosh avlodni jismonan baquvvat bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan desak to‘g‘ri bo‘ladi. Albatta yoshlarimiz ham bu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda ko‘pgina yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.

KATTAQO‘RG‘ONLIK OSIYO CHEMPIONI – Telegraph

KATTAQO‘RG‘ONLIK OSIYO CHEMPIONI – Telegraph

Muhammadbobur 12 yoshidan boshlab sportning Armrestling turi bilan shug‘ullanib keladi.

–Meni bu sport turiga kirib kelishimga amakim Sultonbek Ne'matullayevning hissalari katta. U kishining yutuqlarini ko‘rib, shogirdlari bilan shug‘ullanish jarayonlarini ko‘p bora kuzatib menda ham ushbu sport turiga katta qiziqish paydo bo‘ldi. Shu vaqt ichida Armrestling bo‘yicha shahar, viloyat va republika bosqichlaridagi musobaqalarda qatnashdim. Shu yili 3-7 oktyabr kunlari Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida qatnashish baxtiga muyassar bo‘lganimda yelkamda katta mas'uliyat yuzaga kelganini tushundim. Men u yerda yurtim sha'nini himoya qilishim kerak edi. Menga aynan musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritishimga ham ana mas'uliyat, vatan oldidagi burch, qolaversa, ortimda qo‘llab turgan do‘stlarim, yaqinlarim menga katta dalda bo‘ldi. Men shu narsaga amin bo‘ldimki albatta inson oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun harakat qilishi kerak ekan. Buning uchun esa yurtimizda biz yoshlarga barcha sharoitlar yaratilgan, - deydi Muhammadbobur biz bilan suhbatda.

KATTAQO‘RG‘ONLIK OSIYO CHEMPIONI – Telegraph

Muhammadbobur tahsil olayotgan maktabga borib uning sinfdoshlari bilan yaqindan tanishish asnosida ushbu 9 “A”- sinfda yana ko‘plab sport ishtiyoqmandlari borligining guvohi bo‘ldik. Jumladan, sinf o‘quvchilaridan Ismoil Karimjonov ham joriy yilda Armrestling bo‘yicha Respublika chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ekan. Shuningdek, Ruxshona Ro‘ziyeva va Muqaddas Mehriddinova yengil atletika, Dildora Eldorova karate, Olamgir Mahkamjonov, Javohir Axadov, Fyzullo Baxriddinov futbol, Hakimbek Hakimov esa boks bilan shug‘ullanib viloyat va respublika musoqabalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar. Bir so‘z bilan aytganda sinfni sportchilar sinfi desa ham bo‘lar ekan

KATTAQO‘RG‘ONLIK OSIYO CHEMPIONI – Telegraph

Albatta yoshlarimizning sport bo‘yicha mana shunday yutuqlarni qo‘lga kiritishlari shahrimizda ta'lim muassasalarida, darsdan tashqari tugaraklarda yoshlarni ham jismonan ham ma'nan komil insonlar bo‘lib yetishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilganining isboti desak mubolag‘a qolmaydi. Biz shahrimiz yoshlarini jahon chempionatlarida ham ishtirok etishlarini va yanada ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini kutib qolamiz. 



Oxirgi o‘zgarish: 18/10/2019 07:21;   Ko‘rilganligi: 48
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/kattaqorgonlik-osiyo-chempioni
Chop etilgan vaqti: 20/11/2019 19:42
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing