Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Kitob-ma'naviyat bo‘stoni

Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, yosh avlodning intellektual  ehtiyojlarini qondirishga, ma'naviy, madaniy qadriyatlarimizni saqlab qolishga yo‘naltirilgan yangi Axborot-resurs markazlarini barpo etish  va aholini tizimli axborot bilan ta'minlash davr talabiga aylandi.

Bugungi kunda viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufida 1254 ta Axborot-kutubxona muassasalari bo‘lib, viloyatda 1 ta, tuman, shahar Xalq ta'limi bo‘limlarida 16 ta,  umumta'lim maktablari qoshida 120 ta, «Barkamol avlod» bolalar markazlarining tuman va shahar bo‘limlarida 17 ta, viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 1 ta Axborot-resurs markazi, 1087 ta maktab kutubxonasi, 9 ta maxsus maktab-internat kutubxonasi, 3 ta Mehribonlik uylari kutubxonasi  faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tar­qatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta'minlash yuzasidan tashviqot ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, mahallalarda, «Saxovat uylari»da ko‘chma kutubxonalar tashkil etildi. Kutubxonalarga kela olmaydigan  keksa yoshdagilar uchun ularning uyiga qiziqishlari bo‘yicha kerakli adabiyotlar yetkazib berilmoqda.

Viloyatdagi barcha ta'lim muasassalarida «Farzandimga kitob sovg‘a qilaman», «Bir farzandga — uch kitob» aksiyalari hamda «Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari» xayriya marafoni  o‘tkazildi. Mazkur xayriya tadbiri  orqali kutubxonalar 55077 dona adabiyotlar bilan boyitildi.

Milliy va jahon adabiyotlari, ilmiy-ommabop qo‘llanmalarni tizimli targ‘ib qilish orqali kitobxonlar qalbida vatanparvarlik, ezgulik singari yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarning ma'naviy dunyosini boyitish, mus­taqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga erishilmoqda. Ular qalbida ma'naviy tahdidlarga nisbatan sog‘lom immunitetni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish va bu borada ta'lim muassasalarini, soha xodimlarini aniqlash, rag‘batlantirish hamda ularning ishini ommalashtirish maqsadida  «Kitobxonlar bayrami» o‘tkazildi.

Viloyatdagi barcha tuman, shahar Axborot-resurs markazlari va umumta'lim maktablarida «Ommaviy kitobxonlik haftaligi»  tashkil etildi.

Tadbir doirasida illyustrativ kitob ko‘rgazmasi, adabiyotlar ekspozitsiyasi, slayd-ma'ruzalar, adabiy-ijodiy o‘yinlar, viktorinalar, disputlar, mahorat darslari, multimediya taqdimotlari, ilmiy-amaliy konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazildi.

Shuningdek , «Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi», «Men, ota-onam, bobom va buvim — kitobxon oila», «Kitobxon maktab», «Eng yaxshi axborot-resurs markazi mutaxassisi», «Yosh kitobxonlar» ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi. Ushbu ko‘rik-tanlovlarning Respublika bosqichida qatnashgan ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.

O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida Respublika bolalar kutubxonasi tashabbusi bilan O‘zbekistonning taniqli shoir va yozuvchilaridan Xudoyberdi  To‘xtaboyev, Sirojiddin Sayyid, Tohir Malik, Muhammad Ali va boshqa o‘nlab ijodkorlar bilan videomuloqotlar tashkil etilgan. Ushbu onlayn uchrashuvlarda viloyat axborot-resurs markazi xodimlari, Samar­qand shahridagi umumta'lim maktablarining ona tili va adabiyot  fani o‘qituvchilari, o‘quvchilar faol ishtirok etmoqda.


Kiritilgan vaqti: 17/10/2017 09:42;   Ko‘rilganligi: 288
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/kitob-manaviyat-bostoni
Chop etilgan vaqti: 09/12/2019 10:38
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing