Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Ko‘klam - mehnat bilan ko‘rkam

O‘lkamizda ko‘klam nafasi. Bahor fasli kirib kelishi bilanoq dillarda iliqlik, ko‘tarinki kayfiyat, uyg‘onish hissini sezadi kishi. Bahor yasharish, yangilanish, go‘zallik va yaratuvchanlik faslidir. Zero, bu fasl­da xalqimizning azaliy, milliy qadriyatlari mujassam bo‘lgan Navro‘z bayrami keng nishonlanadi.

Yurtimizda Navro‘z umumxalq bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish maqsadida xalq ta'limi tizimidagi barcha tashkilot va muassasalarda 2017 yilning mart-aprel oylari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi deb e'lon qilingan.Shu munosabat bilan joriy yilning 11-12 mart kunlari tizimdagi barcha tashkilot va ta'lim muassasalarida umumxalq xayriya hashari uyush­qoqlik bilan o‘tkazildi.

Ushbu umumxalq xayriya tadbirining birinchi kuni ta'lim muassasalaridan jami 241 ming 328 nafar o‘qituvchilar va ishchi xodimlar ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 201 ming 247 nafarini maktab o‘quvchilari tashkil etib, ular ham ushbu umumxalq tadbirida obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga munosib hissalarini qo‘shdilar. 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq hasharida esa 214 ming 628 kishi ishtirok etdi, shundan 176 ming 762 nafarini o‘quvchi-yoshlar tashkil etdi. Ta'lim muassasalari hududida mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda 202 ming 290 tup terak qalamchalari, 27 ming 585 tup mevali va 23 ming 146 tup manzarali daraxt nihollari va 49 ming 528 dona ko‘p yillik gul ko‘chatlari ekilib, ular yil davomida parvarishlash uchun mas'ul o‘qituvchilar va sinflarga taqsimlandi. Shuningdek, ta'lim maskanlaridagi gulzorlarga ko‘plab mavsumiy gullar ekildi. Ariqlar, yo‘laklar va bolalar maydonchalari tartibga keltirildi, qurilish va maishiy chiqindilardan tozalandi. Shuningdek, o‘quvchilar keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta'minlangan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashdilar.


Oxirgi o‘zgarish: 24/11/2017 13:35;   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/koklam-mehnat-bilan-korkam
Chop etilgan vaqti: 21/04/2019 01:34
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing