Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Konstitusiya-baxtimiz poydevori

2018 yil 24 noyabr kuni Samarqand shahar “Barkamol avlod” bolalar markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitusiya-baxtimiz poydevori” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi  o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va hamkor tashkilot vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tanlovda mazkur tanlovning tuman, shahar bosqichida g‘oliblikni egallagan 64 nafar o‘quvchilar qatnashib, hakamlar hay'ati tomonidan xolisona baholandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, yo‘nalishlar bo‘yicha:

 

  1. 8-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini insholarda eng yaxshi ifodalagan:

 

Samarqand shahar 67-umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mehribon Shavkatova 1-o‘rin;

Nurobod tumani 61-umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Dilshoda Ermo‘minova 2-o‘rin;

Urgut tumani 35-umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Linora G‘aybullayeva 3-o‘rin;

 

  1. 5-7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Konstitusiyaning mazmun- mohiyatini bayonlar orqali eng yaxshi ifodalagan:

 

Samarqand shahar 19-umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Nozima Mahmudova  1-o‘rin;

Samarqand tumani 9-umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Eldor Bahriyev 3-o‘rin;

Qo‘shrabot tumani 70-umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Sevinch Mo‘minova 2-o‘rin;

 

 

  1. 8-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini eng yaxshi tasviriy vositalar orqali ifodalagan:

 

Kattaqo‘rg‘on tumani 39- umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mahmud Safarov  1-o‘rin;

Samarqand tumani 2-IDUMning 9-sinf o‘quvchisi Farzona Mirzoakramova 2-o‘rin;

Bulung‘ur  tumani 18-umumta'lim maktabining  10-sinf Feruza Toshmuhammedova 3-o‘rin;

  1. 5-7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini eng yaxshi tasviriy vositalar orqali ifodalagan:

 

Jomboy tumani 27-umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Hulkar Habibullayeva 1-o‘rin;

Samarqand shahar 55-umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Sevinch Chorshanbiyeva 2-o‘rin;

       Ishtixon tumani 1-IDUMning 7-sinf o‘quvchisi Oybek Abduvaliyev                       3-o‘rinni egalladi.

       Insholar yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan Samarqand shahar                                     67-umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mehribon Shavkatova hamda     Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 39-umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mahmud Safarov tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘oliblari tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 25/11/2018 09:41;   Ko‘rilganligi: 271
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/konstitutsiya-baxtimiz-poydevori
Chop etilgan vaqti: 10/12/2019 17:26
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing