Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Konstitusiya-kelajagimiz kafolati

Respublikamizning barcha ta'lim muassasalarida bo‘lgani singari viloyatimizda ham O‘zbekiston Respublikasi Kons­titusiyasi qabul qilinganining 25 yilligini mamlakatimiz tarixidagi muhim siyosiy sana sifatida ko‘tarinki ruhda nishonlash uchun puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Jumladan,  Samarqand shahridagi 35-umumta'lim maktabida joriy  yilning noyabr, dekabr oylarida “Kons­titusiyamiz — huquq va erkinligimiz kafolati” shiori ostida huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oyligi e'lon qilingan.

— Shunga ko‘ra, viloyatimizdagi taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, ziyolilar, huquqshunoslar ishtirokida uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazish rejalashtirilgan, — deydi maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilora Nasriyeva. – Tadbirlar rejasiga ko‘ra 4-, 5- va 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitusiyani o‘rganamiz” va “Baxt­li bolalik” mavzularida rasmlar ko‘rgazmasi va tanlovi o‘tkazilmoqda. 7-sinflarda esa “Men O‘zbekiston fuqarosiman”, “Konsti­tu­siyamiz — baxtimiz qomusi” mavzularida referatlar tanlovi, 8-sinf­lar o‘rtasida “Mening Konstitusiyam”, “Konstitusiya — mening taqdirimda” mavzularida bukletlar va ijodiy ishlar tanlovi, 10-sinflarda “O‘zbekiston kelajagi barkamol va sog‘lom avlod qo‘lida” mavzusida insholar tanlovi va sportning voleybol turi bo‘yicha hamda quvnoq startlar sport musobaqalari o‘tkazilayotir.

Bunda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nadejda Hasanova, tarix hamda davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi Ulug‘bek Mavlonov, a'lochi  va jamoatchi o‘quvchilar Sergey Bozyan, Fariza Hamroqulova, Dildora Vahobova, Viktoriya Romanenko, Parizoda Teshayeva, Nigina Bahriddinovalar alohida tashabbuskorlik ko‘rsatishmoqda. Aytish joizki, bu a'lochi o‘quvchilar 2016-2017 o‘quv yilida tarix hamda davlat va huquq asoslari fanidan o‘tkazilgan Bilimlar bellashuvining shahar bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan.


Kiritilgan vaqti: 11/11/2017 08:46;   Ko‘rilganligi: 169
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/konstitutsiya-kelajagimiz-kafolati
Chop etilgan vaqti: 18/09/2019 06:15
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing