Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

KUMUSH MAKTABIGA 10 TA KOMPYUTER “SOVG‘A QILDI”

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan BMT Rivojlanish dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamkorligida o‘tkazilgan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” nomli insholar tanlovida umumta'lim maktablarimizning o‘quvchilari ham munosib ishtirok etdi.

Unda qatnashgan Oqdaryo tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchisi Kumush Abdurazzoqova umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 8-11 sinflari hamda litsey va kollej o‘quvchilari orasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘quvchiga tanlov tashkilotchilarining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Eng muhimi, Kumush Abdurazzoqova ta'lim-tarbiya olgan Oqdaryo tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabiga tanlov tashkilotchilari tomonidan 10 ta kompyuter jamlanmasi berildi.

Dilorom ABDURAHMONOVA


Oxirgi o‘zgarish: 18/12/2019 14:45;   Ko‘rilganligi: 66
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/kumush-maktabiga-10-ta-kompyuter-sovga-qildi
Chop etilgan vaqti: 19/02/2020 01:00
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing