Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

«Mahalla» gazetasi muxbiri Yormamat Rustamovning Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilingan “O‘zbekistondagi maktablar yangi o‘quv yiliga tayyormi?” sarlavhali maqolasida ko‘rsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilganligi yuzasidan AXBOROT

Joriy yil  15 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligida 2019-2020 o‘quv yiliga bag‘ishlangan Avgust kengashlari o‘z ishini boshladi.

          Bu yilgi 2019-2020 o‘quv yili “Ta'limda islohot: o‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik” shiori ostida o‘tkazilishi belgilandi.

         Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning siyosiy irodasi tufayli tizimda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘qituvchilarning oyliklari oshirildi, iqtisod o‘sishiga qarab, kelgusida ham bu ish davom etishi ma'lum qilindi. Shu bilan birga, pedagoglarga mamlakatimizda oxirgi 3 yilda bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq bo‘lmay, yoshlarni vatanparvar va mamlakatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan mutaxassislar etib ta'lim berish eng muhim vazifalardan ekanligi ta'kidlandi.

 Bugungi kunda viloyatimiz xalq ta'limi tizimida ham davlatimiz mustaqilligining 28 yilligi va yangi 2019-2020 o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.    

             Payariq, Oqdaryo va Narpay tumanlaridagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha viloyat xalq ta'limi boshqarmasi va  mazkur tumanlar xalq ta'limi bo‘limlarining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, quyidagi ishlar amalga oshirildi.

           Jumladan, Payariq tumanidagi 6-umumta'lim maktabida o‘quvchilar soni ko‘payishi kutilayotganligi sababli Payariq tibbiyot kolleji binosidan 12 ta sinf xona ajratildi,  maktab foyesi va sinfxonalardagi ta'mirtalab chiroqlar o‘rniga tejamkor lampalar o‘rnatildi.  Maktab atrofida foydalanish mumkin bo‘lgan yer maydoni begona o‘tlardan tozalanib, daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirildi.  Maktabdagi 19 ta kompyuterdan maqsadli foydalanish uchun internet tizimiga ulash bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar qisqa muddatlarda bartaraf etiladi.

         Tumandagi 5-umumta'lim maktabida ham yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Maqolada qayd etilgan maktab atrofi va stadion begona o‘tlardan tozalanib,   dars mashg‘ulotlari olib borish uchun tayyorlab qo‘yildi. Binoning orqa tomonida qurilgan issiqxonani ta'mirlash bo‘yicha mas'ullarga vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, 87-umumta'lim maktabi binolari atrofida ham obodonlashtirish ishlari tashkil qilinib, yer maydoni begona o‘tlardan tozalandi. Bo‘sh turgan yerlarga turli daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirildi.   

          Oqdaryo tumanidagi 12-umumta'lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari namunali tashkil etilgan. Maktab markazdan uzoqligi  sababli internet tarmog‘idan foydalanish uchun “Uzmobile” telefon apparatlari bilan ta'minlangan. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan har oyda “Uzmobile” telefon apparatlari orqali internet tarmog‘idan foydalanishlari uchun pul to‘lab boriladi. Shuningdek,  maktabning futbol maydoni yon chiziqlari ohak bilan chizilib, dars mashg‘ulotlariga tayyor holatga keltirildi.

 Narpay tumanidagi 47-umumta'lim maktabining kirish qismidagi yer maydonchasi ag‘darilib, LANDSHAFT usulida gullar ekildi. Foye va sinfxonalardagi yoritgich chiroqlari o‘rnatildi. Kompyuterlar saqlanadigan xona derazalariga oq matolar ilindi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus bo‘yicha maktabda o‘quvchi-yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatish maqsadida jadval asosida mavjud 16 ta zamonaviy kompyuterlardan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Maktab kutubxonasidagi kitoblar belgilangan tartibda joylashtirilib, gazeta va jurnallar saqlanishi talab darajasiga keltirildi. Sport inventarlari sport zaliga joylashtirildi. Yoshlar jadval asosida sportning barcha turlari bo‘yicha shug‘ullanmoqda.

Tumandagi 50-umumta'lim  maktabida yoshlar kompyuter xonasi va sport zalidagi inventarlardan  unumli  foydalanish yo‘lga qo‘yildi.  Maktabdagi 27 dona kompyuterlar 2 ta sinfda joylashgan bo‘lib, ishchi holatida. Wi-Fi orqali internetga ulangan.  Maktabdagi 360 nafar o‘quvchilarning  48 nafari to‘garaklarda ishtirok etishmoqda. Maktabning 9x18 hajmdagi sport zali qayta ta'mirdan chiqarilib, jihozlandi. Ushbu sport zalida sportning badiiy gimnastika, voleybol hamda boshqa sport to‘garaklari faoliyat yuritishi, ushbu to‘garaklarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqlarini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. O‘quvchilar 4 ta guruhga bo‘linib, to‘garaklarga qatnashmoqda. Kechki vaqtlarda qishloq yoshlari ham ushbu sport zalidan foydalanmoqda.

          Kelgusida bu kabi kamchiliklar takrorlanmasligi uchun yuqoridagi umumta'lim maktablarining mas'ul xodimlari qat'iy ogohlantirildi.   


Oxirgi o‘zgarish: 17/08/2019 09:16;   Ko‘rilganligi: 123
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/mahalla-gazetasi-muxbiri-yormamat-rustamovning-feysbuk-ijtimoiy-tarmogida-elon-qilingan-ozbekistondagi-maktablar-yangi-oquv-yiliga-tayyormi-sarlavhali-maqolasida-korsatilgan-kamchiliklarning-bartaraf-etilganligi-yuzasidan-axborot
Chop etilgan vaqti: 23/11/2019 03:09
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing